Özbekiston fuqaroligini oliş uçun davlat tilini biliş şart
Bugundan boşlab Özbekiston fuqaroligini oliş uçun davlat tilini biliş şart böladi
Bugun, 15-sentabrdan boşlab «Özbekiston Respublikasining fuqaroligi töğrisida»gi Qonun kuçga kirdi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.
Qonun 2020-yil 13-mart kuni imzolangan va oradan 6 oy ötgaç kuçga kirişi belgilangan edi.
Qonunga binoan, Özbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilişning quyidagi turlari mavjud:
👉 umumiy tartib;
👉 soddalaştirilgan tartib;
👉 alohida tartib.
Mazkur qonunda avvalgisidan farqli ölaroq «vatandoş» degan tuşunça kiritilgan bölib, unga köra çet davlat fuqarosi bölgan yoki fuqaroligi bölmagan şaxs hisoblangan vatandoşga nisbatan Özbekiston fuqaroligiga qabul qilişning soddalaştirilgan tartibi qöllanadi.
❗️Şuningdek, qonun bilan Özbekiston fuqaroligiga umumiy tartibda qabul qilişning asosiy şartlaridan biri sifatida ariza topşirgan şaxsning davlat tilini muloqot qiliş uçun zarur darajada bilişi ham kiritilgan.
Bundan taşqari qonunda Özbekiston fuqaroligiga alohida tartibda qabul qiliş, fuqarolikni tiklaş va tugatiş, fuqarolikdan çiqiş hamda fuqarolikni yöqotiş asoslari ham belgilab qöyilgan.
Kanalga ulaniş:
➡️ @uzauz


