BMT Boş kotibi Özbekistonni fuqarolik töğrisidagi qonun bilan tabrikladi

Matn20-mart, 2020, 12:181 daqiqa0 koʻrish

​​BMT Boş kotibi Antonio Guterriş Özbekistonga tabrik yölladi

BMTning rasmiy saytida eʼlon qilingan bayonotda aytilişiça, BMT Boş kotibi Antonio Guterriş mamlakatimiz tomonidan 50 mingga yaqin şaxslarga Özbekiston fuqaroligi berilişiga oid qonunning imzolanganini qöllab-quvvatlagan va bu bilan Özbekistonni tabriklagan!

«Ilgari fuqaroligi bölmagan şaxslarga fuqarolikni beriş orqali Özbekiston har doim ham eʼtirof etilmaydigan va zaif qatlam sifatida qaraladigan aholining şaroitini yaxşilaş yölida katta qadam taşladi», - deyiladi bayonotda.

BMT Boş kotibi mazkur qonunni butun dunyoda 2024-yilga borib fuqarosizlikka töliq barham beriş böyiça qilinayotgan saʼy-harakatlarga Özbekiston tomonidan qöşilgan katta hissa sifatida baholadi.

«Şuningdek, Barqaror rivojlaniş maqsadlari böyiça ön yillik harakatlarga ötiş arafasida turgan bir paytimizda, uşbu voqea Özbekiston heç kimdan ortda qolmasligining qatʼiy isboti böldi, deyişimiz mumkin», - deya yakunlangan BMT saytida eʼlon qilingan bayonot.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek