Karantin davrida töy va oşlarni töxtatiş kerak

Matn20-mart, 2020, 10:102 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Öldirsa ham - oş öldirsin

Keça kunduzi bir zaruriyat bilan köçaga çiqdim (özi uydan çiqmasdan masofaviy işlayapman). Yöl-yölakay bir töyxonaning yonidan ötdim. Oş bölayotgan ekan.

Töyxona oldida kostyum-şim kiygan, körinişidan ziyoli, oliy maʼlumotli insonlarga öxşaydigan 20-25 nafar erkaklar bir qatoooor bölib turib olişgan.

Eng dahşati oşdan çiqib kelayotgan suruv-suruv yuzlab insonlar mana 25 kişi bilan birma-bir söraşib, kamiga töyning katta egalari bilan quçoqlaşib ötib ketişyapti. 200-300 inson, tasavvur qilyapsizmi!?

Öldirsa ham - oş öldirsin, degan maqol haqiqatdan topib aytilgan ekan lekin.

Özbekning tuğilişi ham oş, ölimi ham oş edi, ana endi fojiasi ham oş bölib qolmasa görga edi...

Körinişidan ziyoli bölgan bu insonlar özlarining orzu-havaslari uçun yuzlab insonlarning ölib ketişiga ham rozi. Ularga koronavirusing nimayu, pandemiyang nima. Karantining nimayu, izolyatsiyang nima. Bir tiyinlik qiziqmas ular uçun. Ularga dabdaba, obrö, yon atrofdagilarning gap-sözi köproq muhim. “Odamlar nima deydi” degan qörquvdan qutiliş uçun har narsaga, hattoki yuzlab insonlarning hayotini xavf ostiga qöyişga ham tayyor!

Xöş, Sizçi, Siz? Ularku mayli, lekin Siz nima uçun oşga aytişsa, lik etib yugurib boraverasiz? Şunçalar bir çuqum oşga zormisiz? Yoki oç qolyapsizmi? Yoki oşga bormaslik jinoyatmi? Öz hayotingiz şunçalar arzonmiki, uni bir çuqum oşga almaşsangiz?

Özbekçilik deysizmi? Hoy, baraka topgur, mana şu özbekçilik tufayli oşda yoningizda ötirgan yoki Siz xuddi uruşdan qaytgan otangizni körganday qattiq quçoqlaşgan inson orqali koronavirus yuqtirib olgan bölişingiz mumkin. Özingizku mayli, lekin Siz orqali bu virus oila aʼzolaringizu, norasida farzandlaringizga ham yuqişi mumkin. Keyinçalik ölim bilan olişayotgan va azob çekayotgan farzandlaringizning köziga qarab nima deysiz: «Öğlim, qizim, özbekçilik şunaqa narsa, oşga bormasam bölmas edi, Sizlarning hayotingizdan ham menga özbekçilik muhimroq» deysizmi?

Kalla joyidami özi?!

Yiğiştiringlar, bunaqa özbekçilikni. Yiğiştiringlar, bunaqa dabdabayu, hoyu-havasni. Yiğiştiringlar, yuzxotirçilikni.

Avvalosi butun respublikada barça töylarni töxtatiş kerak. Zudlik bilan! Özbek töy qilmasa ölib qolmaydi, ammo koronavirusdan ölib ketişimiz mumkin. Nikohi belgilangan ikki yoşni bitta mulla çaqirib, nikohlatib qöysa ham böladi. Bu ularning baxtiga bir gramm taʼsir qilmaydi. Aksinça, töydan iqtisod qilingan pulga yoş oila uçun köp işlar qiliş mumkin. Öğlini sunnat qilişni niyat qilgan ota heç qanday dabdabasiz şundoq duxtirga borib, qildirib kelsa ham böladi.

Qiziqda, maktablar yopildi, universitetlar yopildi, masjidlarda ham namoz öqiş tavsiya etilmayapti, çegaralar yopildi, lekin töyga ruxsat emiş! Bu mantiqsizlikku! Hamma balo şu töydaku!

Esingizni yiğing, hurmatli yurtdoşlar. Özingizni ham, özgalarni ham ehtiyot qiling. Vahima qiling demayapman, şunçaki ehtiyot böling deyapman xolos.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek