Davlat xizmati töğrisidagi qonun loyihasi va davlat tili
Özbekiston Respublikasining "O gosudarstvennoy slujbe" qonuni loyihasiga birinçilardan bölib Boboxolov Sayfiddin ismli foydalanuvçi tomonidan quyidagiça izoh qoldirildi:
"Özbekiston Respublikasining Davlat tili haqidagi Qonuni 8-moddasi "Özbekiston Respublikasining qonunlari, davlat hokimiyati va boşqaruv organlarining boşqa hujjatlari davlat tilida qabul qilinadi va eʼlon etiladi. Bu hujjatlarning tarjimalari boşqa tillarda ham eʼlon qilinadi." Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 4-moddasi "Özbekiston Respublikasining davlat tili özbek tilidir."
Aholi umumiy sonida özbek tilini biladiganlarning salmoğiyu, normativ-huquqiy hujjatga kim tomonidan fikr bildirilişini bir tarafga surib qöyib, birinçi navbatda, yuqoridagi qonunçilik hujjatlariga amal qilişda Adliya vazirligining özi örnak bölişi kerakmasmi degan savolga javob beriş kerak. Balki davlat tili töğrisidagi Qonun hujjatlarini buzganlik uçun ham javobgarlik joriy etiş kerakdir özi."
Bugungi xalq avvalgi xalq emas, "ha, rusça bölsa rusçada" deb ketaveradigan. Bu kabi xitoblar avval ham bölgan, lekin jamoatçilik nazorati kuçayotgan bir paytda bu kabi xitoblar köpayişi tabiiy. Toki özbek tilining hurmati joyiga tuşmagungaça, hali yana köp davom etsa kerak, menimça.
**Kanalga ulaniş:* 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ


