Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Agrobank fermerlar uçun 100 ta bepul kitob çop etdi

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn1 daqiqa0tahrirlangan

Bepul 100 ta kitob

2018-yilgi 52 nafar yurtdoşlarimizning ölimi bilan yakunlangan Oqtöbe fojiasini köpçilik hali unutgani yöq. Öşa voqea menga qattiq taʼsir qilgan, şu haqida yozgan maqolamda bunday falokatlarning barçasiga sifatsiz taʼlim aybdor degandim. Maqoladan parça keltiraman:

– “Yurtimiz yerlari kam samarali ekinlar bilan band qilinyaptimi? Çunki taʼlim tizimimiz qişloq xöjaligi, irrigatsiya-melioratsiya sohasida birorta natija körsata olmayapti”.

Porloq kelajakni orzu qilar ekanmiz, bizning bugungi eng asosiy vazifamiz - aholiga taʼlim beriş, ularni öqitiş, ilm-fanni trendga çiqariş bölişi kerak, deb hisoblayman.

Keça Agrobank tomonidan fermerlar uçun maxus çop etilgan 100ta kitoblar töplami taqdimotiga bordim va şunday loyiha amalga oşirilganidan xursand böldim. Sababi bu kitoblar orqali agrosohada faoliyat yuritayotgan tajribali mutaxassislar ham, sohaga endi kirib kelgan yoşlar ham, yoki şunçaki uyida biror narsa yetiştirmoqçi bölgan yurtdoşlarimiz ham qimmatli bilimlarni olişi mumkin. Uşbu töplam Turkiya, Isroil, Gollandiya kabi dehqonçilik va çorvaçilikda katta tajribaga ega davlatlar olimlaridan tarjimalar asosida, mahalliy şaroitga moslab tayyorlangan, kitob ustida katta olimlar jamoasi işlagan.

Kitob mutlaqo bepul, PDF formatida yuklab olsa ham böladi. Bundan taşqari, Agrobank keça bilimga, öqitişga yönaltirilgan yana bir loyiha - “Fermerlar maktabi”ga ham start berdi. Örganiş, tajriba orttiriş uçun ajoyib imkoniyat.

100 ta kitobni yuklab oliş:
👉@agro100kitob_bot

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek