Özbekiston TIV çegaradagi otişma haqidagi xabarlarni rad etdi

Matn4-may, 2022, 12:311 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi bayonoti

Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda Afğoniston manbalariga tayanib, göyoki 2022-yil 4-mayga ötar keçasi Özbekiston-Afğoniston çegarasida otişma sodir bölgani, uning oqibatida Özbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Çegara qöşinlari harbiy xizmatçilari halok bölgani haqida xabarlar tarqalmoqda.

Şuni maʼlum qilamizki, tarqatilgan xabarlar umuman haqiqatga töğri kelmaydi. Çegarada vaziyat osoyiştaligiça qolmoqda, janubiy sarhadlarni qöriqlaş odatdagi tartibda olib borilayotir.

Afğoniston Muvaqqat hukumati rasmiy vakili Zabihulla Mujohid ham turli internet naşrlarida paydo bölgan maqolalarni yolğon va asossiz deb atadi.

Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi ommaviy axborot vositalaridan jurnalist etikasiga qatʼiy rioya qilişga, öz manbalarida notöğri va tekşirilmagan maʼlumotlarni joylaştirişdan saqlanişga çorlaydi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 907
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek