53 nafar afğon harbiysi Özbekiston hududiga kirdi
53 nafar afğon harbiylari Özbekiston hududiga kirgan
Taşqi işlar vazirligi Afğonistonda yuz berayotgan qurolli ixtiloflar böyiça bayonot berdi.
“Ixtilofga aloqador barça tomonlarni kuç işlatişdan tiyilişga hamda tinç aholi orasida qurbonlar kelib çiqişiga yöl qöymaslikka çaqiramiz.
2021-yilning 23-iyun kuni 53 nafar afğon çegara qöşinlari harbiy xizmatçilari va mahalliy qurolli guruhlar Şörtepa tumani hududidan Özbekistonga ötdi.
Zaruriy suriştiruv va tergov tadbirlari ötkazilganidan söng uşbu afğon fuqarolari vataniga qaytarildi.
Özbekiston hududiga noqonuniy kirişga qilingan har qanday urinişlar qatʼiy bartaraf etiladi, davlat çegarasini buzganlarga esa eng keskin çoralar köriladi.
Özbekiston tomoni Afğoniston bilan anʼanaviy döstona va yaxşi qöşniçilik munosabatlarini asraş, betaraflikni saqlaş hamda qöşni mamlakat içki işlariga aralaşmaslik tarafdori ekanligini qatʼiy maʼlum qiladi”, - deyiladi bayonotda.
👉 @xushnudbek 👈

