Özbekistondagi afğon harbiylari boşqa davlatga evakuatsiya qilindi

Matn13-sentabr, 2021, 19:021 daqiqa0 koʻrish

Özbekistonda qölga olingan afğon harbiylari boşqa davlatga evakuatsiya qilindi, Afğonistonga qaytarilmadi

Bu haqda Özbekiston Taşqi işlar vazirligi rasmiy vakili Yu.Kabuljanov izoh bergan.

«Afğonistondagi sönggi voqealar tufayli bir guruh sobiq harbiy xizmatçilar va Afğoniston fuqarolari Özbekiston davlat çegarasini noqonuniy kesib ötgan va qölga olingan edi. Şu yilning 12-13-sentabr kunlari Özbekiston hududida joylaşgan barça afğon fuqarolari boşqa mamlakatga evakuatsiya qilindi», - deyiladi rasmiy vakil izohida.

Avvalroq The Wall Street Journal naşri öz manbalariga tayanib, Özbekistondagi jami 585 afğon uçuvçisi, ekipaj aʼzolari va ularning qarindoşlari yaqin orada AQŞning Dohadagi harbiy bazasiga uçib ketişi kutilayotganini xabar bergan edi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek