Taʼlim grantlari böyiça tölovlar amalga oşirildi

Matn17-noyabr, 2021, 21:151 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Eʼlon qilingan taʼlim grantlari böyiça maʼlumot

Xabaringiz bor, avvalroq özim tahsil olgan, ilm örgangan Toşkent davlat yuridik universitetining 30 yilligi munosabati bilan 10 nafar talabaning kontraktiga 3 mln sömdan, jami 30 mln söm metsenatlik yordami berişimizni maʼlum qilgandim.

Bugun şu grant doirasida 81 nafar talabgor orasidan tanlab olingan TDYUUning 10 nafar talabasiga vaʼda qilingan tölovlar ötkazib berildi.

Şuningdek, MetsenatUz loyihasi doirasida jami 105 mln sömlik taʼlim granti eʼlon qilgandik. Bu grantga 750 ga yaqin ariza kelib tuşgan. Hozirda talabgorlarni saralaş bosqiçi deyarli yakunlanib qoldi. Xudo xohlasa, 1-2 kun içida yana 25 nafar talabaga kontrakti uçun vaʼda qilingan 3 mln sömdan tölovni ötkazib beramiz.

Bundan taşqari ariza yuborgan 750 nafar talabgor orasidan Yoşlar işlari agentligi tomonidan eʼlon qilingan “Talabaga madad” loyihasi toifasiga töğri keladigan talabalarga hujjat topşirişda amaliy maslahatlar berib, uşbu loyiha doirasida ham kontrakti uçun tölov olişlariga yordamlaşişga harakat qilyapmiz.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 1
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek