Meta va Mass-media fondi örtasida memorandum imzolanadi
Xushnudbek.uzFoto1 daqiqa0tahrirlangan
Meta (Facebook) kompaniyasi va Mass-media fondi örtasida memorandum imzolanadi
Bugun Meta (Facebook) kompaniyasining Boşqaruvçi direktori hamda Xitoy, Möğuliston va Markaziy Osiyo mamlakatlari davlat siyosati masalalari böyiça rahbari Jorj Çen bilan Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi Vasiylik kengaşi raisi Komil Allamjonov onlayn uçraşuv ötkazdi.
Uçraşuv natijalariga köra, Fond va Meta kompaniyasi örtasida hamkorlik memorandumi imzolanadi, 2022-yilga möljallangan qöşma tadbirlar rejasi işlab çiqiladi. Unga asosan mamlakatimizdagi OAV, davlat idoralari va mansabdor şaxslar, hatto davlatimizning xorijdagi elçilari sahifalarini verifikatsiyalaş, matbuot kotiblari, jurnalistlar va blogerlar uçun öquv kurslari ötkazişga kelişib olingan.
Aytilişiça, hamkorlikda kurslarda kontent yaratiş va uni boşqariş, yolğon axborotlarga qarşi kuraşiş, kiberxavfsizlik sohasida raqamli savodxonlikni oşiriş mavzularida ham maxsus treninglar joriy qilinadi.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 3







