Eng yuqori ball töplagan 200 nafar yoşlar uçun Prezident granti

Matn6-iyul, 2021, 22:062 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

⚡️Eng yuqori ball töplagan 200 nafar yoşlar uçun Prezident granti joriy etildi

ÖzAning xabar berişiça, 2021/2022 öquv yilidan boşlab davlat OTMlari bakalavriatining kunduzgi taʼlim şakliga kiriş imtihonlarida (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) eng yuqori ball töplagan 200 nafar yoşlar uçun Davlat byudjeti mablağlari hisobidan moliyalaştiriladigan Özbekiston Respublikasi Prezidenti granti joriy qilindi.

Qarorga köra:

👥 muayyan taʼlim sohasi uçun ajratilgan kvota böyiça sönggi örindagi abituriyent va u bilan bir xil ball töplagan barça fuqarolar Prezident grantiga daʼvogar böladi;

❌ imtiyoz natijasida qöşimça beriladigan ballar Prezident grantiga daʼvogarlarni aniqlaşda hisobga olinmaydi;

📚 Prezident grantiga daʼvogar bölgan abituriyentlar davlat granti asosida öqişga qabul qilinadi;

👉 Prezident granti sovrindorlari birinçi kursda barça fanlarni “aʼlo” baholarga öqigan, maʼnaviy-maʼrifiy va ilmiy-tadqiqot yönalişlarida yutuqlarga erişgan mazkur grantga daʼvogar talabalar orasidan tanlov asosida aniqlanadi;

🏢 tanlovni Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligi, Respublika oliy taʼlim kengaşi hamda Yoşlar işlari agentligi ötkazadi;

✅ ötkazilgan tanlov natijalariga köra ğolib bölgan talabalarga Özbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi tayinlanadi va tölanadi;

Bunda talabaga:

➖ Prezident granti uçun belgilangan stipendiya 2-kursning öquv yili boşidan oyma-oy tölanadi va şu munosabat bilan unga umumiy şartlarda belgilanadigan stipendiya tayinlanmaydi;

➖ öquv semestri yakuniga köra kamida bitta fandan özlaştirişi “aʼlo” baho bölmaganda, Prezident granti sohiblariga kelgusi öquv semestri mobaynida umumiy tartibdagi stipendiya tayinlanadi va tölanadi;

➖ navbatdagi öquv semestri yakuniga köra barça fanlar böyiça özlaştiriş körsatkiçi faqat “aʼlo” baho bölganda, Prezident granti uçun belgilangan stipendiya qayta tayinlanadi va tölab boriladi;

🎓 öqiş yakuniga qadar Prezident grantini uzluksiz olgan talabalar bakalavriat taʼlim yönalişiga mos va turdoş mutaxassislik böyiça magistraturaga kiriş imtihonlarisiz qöşimça davlat granti asosida talabalikka qabul qilinadi.

Batafsil:
http://uza.uz/posts/282632

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 9
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek