Öqituvçilarni maktab tozalaşga majburlaş — majburiy mehnat

Matn4-avgust, 2019, 17:502 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Maktab direktorining maktubi

Yuqoridagi postni 1 yil oldin yozgan ekanman. Ammo oradan bir yil ötsa ham, muammo haligaça aktual bölib turibdi. Bugun bir muştariydan maktub oldim. Undagi gaplar yuqoridagi fikrlarimni ayni takrorlabdi. Keling, xatni töliq öqiymiz:

«Assalomu alaykum Xuşnudbek! Men maktab raxbariman(ijozat bersangiz kaysi maktabligi sir bulakolsin) tez orada yangi ukuv yili boşlanadi. Maktab xududimiz 2,9 gektarni taşkil etadi. Maktab ştatida 4 farroş va 1 ta xovli supuruvçi turadi. Şu 5 kişi bilan maktab obodonlaştiriş işlarini olib borişga xarakat kilaman. Bu 5 nafar xodimlarning barçasi nafakaga çikiş arafasidagi xodimlar ekanligini inbotaga olib maktab xududini obodonlaştiriş kiyinçilik tugdirmokda.

Şu sababli mexnat tatili tugagan ukituvçilarimni maktabdan taşkariga çikmasdan fakat maktab xududini obodonlaştiriş, tozalaşlarini (sinf xonalarini artib surtiş maktab xovlisidagi daraxtlarga şakl beriş va oklaş va x.x) surasam "ayrim" xodimlar biz oliy malumotli pedagoglarmiz bu bizni vazifamizga kirmaydi degan fikrlarni bildirişmokda. "Uz xoxişlariga kura, taşabbus bilan" çikuvçi xodimlar kam. Şu sabali sizdan suramokçi bulgan narsam ukituvçilarni maktab xududini obodonlaştirişlarini surasam bu majburiy mexnatga kirmaydimi. Axir maktab xam deyarli uyimizku uz uyimizni supurib ozoda saklab fayzli kilib utirişni nimasi yemon. Javob uçun oldindan raxmat»

Maktub tugadi.

Eng avvalo savollariga javob bersam. Öqituvçilarni öz istaklariga qarşi, mehnat şartnomasiga kirmaydigan istalgan işga majburlaş va bu işni qilişdan boş tortganda unga qandaydir jazo qöllaş yoki jazo qöllaş tahdidi bilan qörqitiş — majburiy mehnat! U öz maktabingiz böladimi yoki sinf rahbarning öz sinfi böladimi, farqi yöq. Öqituvçilar öz maktabini yoki sinfini tozalaşga, taʼmirlaşga majbur emas.

Ammo Sizni ham töğri tuşunaman. Nafaqat Sizni, balki köpçilik rahbarlarning oldida qiyin vazifa turibdi. Majburiy mehnatni batamom yöqotiş uçun, eng avvalo bunga sabab bölayotgan omillarni bartaraf etişimiz kerak. Salkam 3 gektarli taşkilotga 5 nafar ştat berib, ularga çumçuqni oyligiday maoş tayinlab, yana rahbarlardan natija talab qiliş, albatta mantiqsizlikdir.

Yana qaytaraman, imkoni boriça biz oqibatlar bilan emas, sabablar bilan kuraşaylik. Şular ustida boş qotiraylik. Kör-körona jazolaş yoki taqiqlaş bilan oğriqni biroz qoldiriş mumkin xolos, lekin kasallikni butunlay tuzata olmaymiz.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 1
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek