Viloyat hokimlarini işdan oliş böyiça sörovnoma natijalari
Xushnudbek.uzMatn2 daqiqa0tahrirlanganSörovnoma natijalari
Şavkat Mirziyoyev 2-avgust kungi selektorda Boş vazir hamda Prezident Administratsiyasi boşliğiga qaysi viloyat hokimini işdan oliş böyiça taklif kiriting, deya topşiriq bergan edi.
Şu topşiriq ortidan, biz ham şunçaki xalq fikrini bilişga qiziqdik va sörovnoma taşkil qilgan edik. Sörovnomada Prezident tanqid ostiga olgan Farğona viloyati hokimi Şuhrat Ğaniyev, Qaşqadaryo viloyati hokimi Zafar Röziyev hamda Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermonov variantlari turli şakllarda taqdim etildi.
Sörovnomada 27 ming 200 nafardan köproq fuqarolar ovoz berişdi.
Ovoz beruvçilarning salkam yarmi, aniqroği 45%i «Uçalasi ham ketsin» degan variantni tanlaşgan.
Keyingi örinni Farğona viloyati hokimi Şuhrat Ğaniyevning yakka özi iştirok etgan variant egallagan. 21% ovoz beruvçilar faqat Şuhrat Ğaniyev işdan olinib, qolgan viloyat hokimlar joyida qolişini söragan.
Uçinçi örindan 10% ovoz bilan «Uçalasi ham qolsin» degan variant joy oldi. 10% ovoz beruvçilar uçala viloyat hokimini ham keçirişni va ularga yana bir bor imkon berişni söragan.
Qolgan natijalar pastdagi suratda aks etgan.
Agar har bir viloyat hokimi böyiça turli şakllarda olingan umumiy ovozlarni qöşib çiqsak, quyidagiça natija çiqmoqda:
Farğona viloyati hokimi Şuhrat Ğaniyev işdan olinişini ovoz beruvçilarning 74%i xohlamoqda (21% - yakka özi, 5% - Röziyev bilan birga, 3% - Ermonov bilan birga, 45% - “uçalasi ham ketsin” variantida).
Qaşqadaryo viloyati hokimi Zafar Röziyevning lavozimidan ozod etilişini 60% ovoz beruvçilar istamoqda (7% + 5% + 3% + 45%).
Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermonovning işdan olinişini 57% ovoz beruvçilar istamoqda (6% + 3% + 3% + 45%).
Eʼtiborli tomoni boşqa kanallarda ötkazilgan sörovnomalarda ham Şuhrat Ğaniyev barçadan köp ovoz olgan (1, 2).
Voqealar rivojini birgalikda kuzatamiz.
❗️Eslatib ötaman, bu şunçaki oddiy sörovnoma va bunda aks etgan natijalar huquqiy maqomga ega emas, Hukumatda buning ortidan biror rasmiy qaror qabul qiliş majburiyati yöq. Lekin şunday bölsa-da, #BizKutyapmiz
👉 @xushnudbek 👈





