Masjidlarda hayvonlarga şafqat qiliş mavzusida maʼruza qilindi

Matn20-iyul, 2019, 14:013 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​​Inson böl, ozor berma

Keça Özbekistonning ayrim masjidlarida bölib ötgan juma namozining xutbasi «Hayvonlar bilan insoniy, şafqatli munosabatda böliş» mavzusiga bağişlanib, unda mömin-u musulmonlar hayvonlarga nisbatan mehr-şafqatli munosabatda böliş mavzusida maʼruza tingladilar.

Maʼlum bölişiça, bu mavzu öz-özidan tanlanmagan, balki «Mehr va Oqibat» nodavlat notijorat taşkilotining Özbekiston musulmonlari idorasi bilan hamkorligi natijasida bölgan.

Jumladan, maʼruzada islom dinida turli hayvonlarni uriştiriş, bu öyinlarga pul tikib qimor taşkil qiliş va hatto tomoşa qiliş – taqiqlangani, harom işligi haqida maʼlumot berilgan. Foydali maʼlumotlar bölgani uçun ulardan ayrimlarini keltiramiz:

Ibn Abbos raziyallohu anhu şunday deydilar:

«Rasululloh sallallohu alayhi vasallam hayvonlarni uriştirişdan qaytardilar» (Imom Termiziy rivoyati).

Bu hadisi şarifning şarhida muhaqqiq olim Mullo Aliyyul Qori şunday deydilar:

«Payğambarimiz sallalllohu alayhi vasallam hayvonlar bir-birini şoxlaşi, tişlaşi, bosib-yançişi yoki öldirişi uçun ularni gij-gijlaş (uriştiriş)dan qaytardilar. Bu hadisni Imom Termiziy va Imom Abu Dovud rivoyat qilgan» («Mirqotul mafatih» kitobi).

Dinimizda hayvonlarga ham sababsiz ozor, aziyat va azob beriş mumkin emas. Payğambarimiz sallallohu alayhi vasallam yuz qismiga tamğa urilgan eşakni körib: «Bunga tamğa urganni Alloh laʼnatlasin!» – dedilar (Imom Muslim rivoyati).

Hayvonlarni qamab qöyib, oçlikdan öldiriş – haromdir. Hadisi şarifda bir muşukni qamab qöyib qiynagan odamning oxiratda azoblanişi haqida xabar berildi (Imom Buxoriy rivoyati).

Dinimizdagi hayvonlarga boğliq yana bir asl qoida – ularga rahm-şafqat körsatişdir! Çanqagan itga şafqat körsatib, quduqdan suv olib çiqib bergan ayolning gunohlarini Alloh taolo keçirgani rivoyat qilingan (Imom Buxoriy rivoyati). Sahobiylar safarda çumçuqqa öxşagan quşning paloponlarini olib qöyişganda, Payğambarimiz sallallohu alayhi vasallam paloponlarni öz joyiga qaytarib qöyişni buyurdilar (Imom Abu Dovud rivoyati).

Hayvonlarga rahm-şafqatning bundan ham oliy darajasi – hatto göşti uçun söyilayotgan hayvonni ham qiynamaslikdir. Hadisi şariflarda söyilayotgan hayvonni qöpol ravişda sudramaslik, piçoqni hayvonni oldida qayramaslik, piçoqni ötkir qiliş va boşqa hayvonlar oldida söymaslik buyuriladi. Qöyni yiqitib qöyib, piçoğini qayrayotgan bir kişiga Payğambarimiz sallallohu alayhi vasallam: «Uni bir neça marta öldirmoqçimisan?!» – deb tanbeh berdilar (Imom Hokim rivoyati). Fatvo kitoblarda agar zarar yetkazmasa, haşarotlarni ham behuda öldiriş mumkin emasligi zikr qilingan.

Hayvonlarga mana şunday mehr şafqat bilan muomala qilişga buyurgan şariatimiz, ularni uriştirib qiynaş va azoblaş, tomoşabin böliş va bu işga pul tikib qimor öynaşdan qattiq qaytargan.

P.S.: «Mehr va Oqibat» NNT hayvonlarni himoya qiliş böyiça köp işlarni amalga oşiradi. Masalan, menga ularning köçalarda ilingan kreativ bannerlari juda yoqadi. «Inson böl», «Ozor berma» umumiy şiorlari ostidagi uşbu bannerlarda hayvonlarga mehribon böliş tarğib qilinadi. Juma namozida bu mavzuni olib çiqiş fikri ham ana şunday original usullardan biri bölibdi. Barça sohalardagi fuqarolik jamiyati institutlari mana şu kabi faol bölişlarini tilab qolar edim.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek