Toşkent kimyo-texnologiya instituti super-kontraktdan voz keçadi
Toşkent kimyo-texnologiya instituti kelgusida «super-kontrakt»dan voz keçmoqçi
Bu haqda institut rektori Botir Usmonov AOKAda ötkazilgan matbuot anjumanida maʼlum qildi.
«Biz keyingi yildan boşlab super-kontraktga talaba qabul qilişdan voz keçişga harakat qilamiz. Çunki biz taʼlim sifatiga asoslangan «brend» yaratişni maqsad qilganmiz. Şu bois faqat iqtidorli va işlab çiqaruvçilarga maʼqul keladigan nomzodlarni talabalikka qabul qilamiz», — deya taʼkidlagan rektor.
Şuningdek, moliyaviy mustaqillik berilgan institutda keyingi öquv yilidan tölov-kontrakt miqdori oşişi mumkin. Ammo bu faqat yangi qabul qilinadigan 1-kurs talabalariga taalluqli böladi. Institutning 2-4-kurs talabalarida kontrakt miqdori özgarmaydi.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 3131

