Rossiyada yöl qoidasini buzganlik uçun jinoiy javobgarlik
❗️Rossiyada tezlikni oşiriş yoki qarama-qarşi yönalişda yuriş uçun jinoiy javobgarlik joriy qilindi
10-yanvardan kuçga kirgan qonunga köra, Rossiya Jinoyat kodeksi yangi modda bilan töldirildi. Unga köra, muqaddam belgilangan tezlikni 60 km/soatdan köproqqa oşirib haydagani yoki qarama-qarşi yönalişda harakatlangani (vstreçka) uçun maʼmuriy javobgarlik qöllangan va haydovçilik huquqidan mahrum qilingan şaxslar uşbu huquqbuzarliklarni ikkinçi bor takroran sodir etsa, jinoiy javobgarlikka tortiladi.
Bunda qoidabuzar şaxslarga quyidagi jinoiy jazolardan biri belgilanişi mumkin:
✅ 200 ming rubldan 500 ming rublgaça jarima (29 mln sömdan 44 mln sömgaça);
✅ 1 yildan 2 yilgaça oylik iş haqi miqdorida jarima (3 yilgaça muayyan huquqdan mahrum qiliş bilan birga);
✅ 480 soat majburiy jamoat işlariga jalb qiliş (3 yilgaça muayyan huquqdan mahrum qiliş bilan birga);
✅ 2 yilgaça axloq tuzatiş işlari (3 yilgaça muayyan huquqdan mahrum qiliş bilan birga);
‼️ 2 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş (3 yilgaça muayyan huquqdan mahrum qiliş bilan birga).
Şuningdek, xuddi şu yangi kiritilgan moddaning ikkinçi qismiga köra, avval şu jinoyati uçun sudlangan şaxs yana bir bor belgilangan tezlikni 60 km/soat va undan köp miqdorida oşirgan yoki qarama-qarşi yönalişda harakatlangan bölsa, unda yanada oğirroq jinoiy javobgarlik belgilandi (73 mln söm ekvivalentida jarima yoki 6 yilgaça muayyan huquqni çeklab, 3 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi).
ℹ️ Berilgan izohga köra, qoidabuzar haydovçilarning 40 foizi maʼmuriy javobgarlikdan töğri xulosa çiqarmaydi va ular takror yana öşa qoidalarni buzişadi. Bundan taşqari har öninçi haydovçi takroran öta qöpol qoidabuzarlikni sodir etadi.
Bizda ham şu kabi oğir qoidabuzarliklar uçun jazolarni kuçaytirişni öylab körişsa yomon bölmasdi.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1087

