Tokayev yangi ijtimoiy şartnoma zaruriyati haqida gapirdi
Manba:bakiroo
Tokayev yangi ijtimoiy şartnoma zaruriyati haqida gapirdi
Qozoğiston rahbari ötgan 10 kun davomida birinçi marta Nazarboyev şaxsini eslab ötgan.
Tokayevga köra, aynan Nazarboyev tufayli juda daromadli kompaniyalar guruhi va hatto xalqaro standartlar böyiça ham boy odamlar qatlami paydo bölgan.
Şuningdek, Tokayev mamlakat boylarining ijtimoiy masʼuliyatiga ham töxtalgan va jamiyat bilan bölişiş tezislarini oçiqlagan.
Qozoğiston misolida özlaştirişimiz lozim bölgan yana bitta dars şuki, haddan taşqari boylar va haddan taşqari qaşşoqlar bir jamiyatda muvozanatli hayot keçira olişi mumkin emas. Mamlakat boyliklari va resurslari taqsimoti ijtimoiy adolat tarozisi bilan taqsimlanişi va ijtimoiy tengsizlikni tiyib turiş prinsiplari ustiga qurilişi kerak.
Obrazli aytganda, saroylar va xarobalar köp muddat davomida yonma-yon mavjud böla olmaydi. Katta ehtimol, vaziyat ijtimoiy muvozanat tomon özgartirilmasa, saroylar ham xarobaga aylanadi. Aksi emas.
- 👍 1286

