Qoraqalpoğistonda favqulodda holat davridagi çeklovlar

Matn3-iyul, 2022, 08:431 daqiqa0 koʻrish
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzФуқароларнинг ҳаёти ва соғлиғи учун аниқ таҳдид, ҳуқуқни муҳофаза қилиш органларининг ходимларига ҳужум қилиш, уларнинг қурол ва техникасини эгаллаб олиш ҳолат…

Favqulodda holat amal qilişi davrida quyidagi çoralar va vaqtinçalik çeklovlar örnatiladi:

a) jamoat tartibini, öta muhim va toifalangan obyektlarni hamda aholining hayot faoliyatini taʼminlovçi infratuzilma obyektlarini muhofaza qiliş kuçaytiriladi;

b) Qoraqalpoğiston Respublikasida harakatlaniş erkinligi, şu jumladan, transport vositalari uçun çeklanadi;

v) jismoniy şaxslarning şaxsini tasdiqlovçi hujjatlar tekşirilişi, ularning şaxsiy körikdan ötkazilişi, ulardagi aşyolar va transport vositalari közdan keçirilişi taʼminlanadi;

g) Qoraqalpoğiston Respublikasiga kiriş hamda undan çiqiş çeklanadi;

d) tinç yiğilişlar, köngiloçar, sport va boşqa ommaviy tadbirlar taşkil etilişi va ötkazilişi taqiqlanadi;

ye) yuridik şaxslar faoliyatini töxtatib turiş yoki tugatişga qaratilgan iş taşlaşlar va boşqa har qanday harakatlar taqiqlanadi;

j) qurol, öq-dorilar, portlovçi moddalar, maxsus vositalar, zaharli moddalar sotilişi taqiqlanadi, şuningdek, dori va giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, prekursorlar hamda etil spirti va alkogol mahsulotlari muomalasining alohida tartibi joriy etiladi;

z) jismoniy şaxslardan qurol va öq-dorilar, zaharli moddalar, yuridik şaxslardan esa qurol, öq-dorilar va zaharli moddalar bilan bir qatorda harbiy va öquv-harbiy texnika, portlovçi va radioaktiv moddalarning vaqtinçalik olib qöyilişi taʼminlanadi.

Farmonning töliq matni:
https://uza.uz/posts/386859

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

Yana oʻqing