Qo‘shni davlatlardagi talabalar o‘qishini ko‘chirishi mumkin
⚡️Yaxşi yangilik: qöşni davlatlardagi talabalarning barçasi heç qanday imtihonlarsiz öqişini Özbekistonga köçirişi mumkin
Keça qöşni davlatlarda öqiyotgan Özbekiston fuqarolarining öqişini yurtimizga köçiriş böyiça arizalar qabul qiliş boşlangani xabar qilingandi. Arizalar 15-fevralgaça qabul qilinadi. Yana qöşimça maʼlumotlar mana bu yerda:
https://t.me/xushnudbek/4367
Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligi talabalar va ota-onalarga maxsus ogohlantiriş bilan çiqdi.
Unda aytilişiça, öqişni köçirişda heç qanday qöşimça talablar va sinovlar qöyilmaydi.
Bu nima degani?
Yaʼni talaba söralgan hujjatlarni topşirsa böldi, uning öqişi sözsiz Özbekistonga köçiriladi degani. Qandaydir imtihon yoki test ötkazilmaydi. Faqat asosiy şarti - hujjatlari töliq va töğri bölişi (qalbaki bölmasligi) kerak. Hujjatlar röyxati mana bu yerda.
Bundan kelib çiqadiki, qöşni davlatlarda, yana ham aniqroği asosan Qozoğiston, Qirğiziston va Tojikistonda öqiyotgan özbekistonlik talabalarga juda zör imkoniyat tuğilibdi. Mana şu bir martalik öziga xos aksiya ortidan qöşni davlatlarda öqiyotgan deyarli 100% özbekistonlik talabalarni vatanimizga qaytariş mumkin böladi. Xullas, hammani yoppasiga "evakuatsiya" qilişyapti.
Şu sababli vazirlik turli «yordam beradigan» taʼmagir va firibgarlarning takliflaridan ehtiyot bölişga çaqirmoqda. Yaʼni mabodo kimdir Sizga «falonça söm bering, vazirlikda tanişim bor, perevodni hal qilib beraman» desa, işonmanglar, çunki öqişni köçiriş şundoq ham barça uçun oçiq taşkil etilmoqda (faqat qöşni davlatlar uçun). Hattoki hujjat topşiriş ham - TEKIN!
Sizda turli savol va tuşunmovçiliklar yuzaga kelsa, bevosita Hududiy işçi guruhlariga (röyxati mana bu yerda) yoki quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilişingizni söraymiz:
👉 Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligi – (71) 246-38-57;
👉 Soğliqni saqlaş vazirligi – (71) 241-16-91.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 3


