Öqişni köçiriş tartibidagi özgarişlar maʼlum qilindi
“Perevod”da nima özgarişlar böladi?
Oliy va örta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toşqulov yoşlar bilan uçraşuvda öqişni köçiriş masalasida böladigan özgarişlar haqida ayrim maʼlumotlarni aytib ötdi. Jumladan, sohadagi korrupsiyaning oldini oliş maqsadida:
Birinçidan, xorijdan öqişni köçiriş uçun ötkaziladigan imtihonda Davlat test markazi tomonidan test olinadigan böldi.
Ilgari Oliy taʼlim vazirligining baʼzasi orqali test qilinardi va bu işonçsizlikka sabab bölardi. Bundan maqsad - yanada şaffoflikni taʼminlaş.
Ikkinçidan, öqişi köçirilayotgan yönalişdagi ötiş bali qöyiladi, oddiy kontrakt uçun 4 ballik şkala ham böladi, super-kontraktlar ham ularga amal qiladi.
Ilgari xorijdan köçirişda deyarli barça yönalişlarda 56 ball talabi qöyilardi. Sanoqli yönalişlardagina 100 yoki boşqa ballar belgilanardi. Bu esa köpçilikning eʼtiroziga sabab bölardi. Kimlardir qiynalib, 140-150 ball bilan öqişga kirardiyu, kimlardir qöşni davlatga yoki borib, yoki bormay, 56 ball bilan ikkinçi kursdan talaba bölardi. Yaʼni maqsad xorijda ilm va taʼlim oliş emas, şunçaki keyingi yili öqişni köçiriş edi. Köplab firmalarning vaʼdalariga işonib, aldanib qolganlar ham juda köp.
Xorijdan öqişni köçirişga oid köp bora gapirgan inson sifatida ikkala özgarişni ham töliq qöllab-quvvatlayman!
👉 @xushnudbek 👈

