Toşkent tibbiyot akademiyasi Yevropa uyuşmasiga aʼzo böldi
Toşkent tibbiyot akademiyasi «Yevropa tibbiyot maktablari» uyuşmasining tölaqonli aʼzosiga aylangan Özbekistondagi ilk tibbiyot oliygohi bölibdi.
Bu haqda uyuşma vitse-prezidenti, Vilnyus Universiteti (Litva) tibbiyot fakulteti dekani, professor Algirdas Utkus TTA bilan hamkorlikda taşkil etilgan qöşma «Taʼlim forumi»da eʼlon qilgan.
Forum doirasida TTAni Yevropa tibbiyot maktablari uyuşmasi aʼzoligiga rasman qabul qilingani töğrisidagi sertifikat Toşkent tibbiyot akademiyasi rektori, professor Laziz Tuyçiyevga tantanali taqdim etildi.
Yevropa tibbiyot maktablari uyuşmasi 1979-yilda Yevropa tibbiyot maktablari rahbarlari uyuşmasi sifatida taşkil etilgan.
Uşbu yangilik yana boşqa tomondan quvontirdi. QS reytingida TOP-500ga kiruvçi Vilnyus universiteti bizning TTAdagi öquv jarayonini kredit-modul tizimiga ötkazişga yordam beradigan bölibdi. Oliy taʼlimdagi öquv jarayonlarini qança tez zamonaviy tizimlarga ötkazsak, şunça foyda böladi. Ayniqsa, bunda yetakçi xorijiy OTMlar bilan yaqin hamkorlik qiliş yanada samarali bölişi, şubhasiz.
