Özbekistonda tilançilik uçun jazo belgilandi

Matn10-yanvar, 2019, 17:513 daqiqa0 koʻrish

​​Bugundan boşlab tilançilik jinoyat hisoblanadi

Prezident Şavkat Mirziyoyev 2019-yil 9-yanvar kuni imzolagan va bugun rasman eʼlon qilingan Qonunga binoan, Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi hamda Jinoyat kodekslariga tilançilik uçun jazo belgilaşga oid özgariş kiritildi.

Tilançilik nima?

Endilikda pul, oziq-ovqat mahsulotlari va boşqa moddiy qimmatliklar berişni faol tarzda sörab, tilançilik bilan şuğullaniş javobgarlikka tortişga asos böladi.

👉 Qayerda tilançilik qiliş mumkin emas?

Quyidagi joylarda tilançilik qiliş taqiqlanadi:
• aeroportlarda;
• vokzallarda;
• xiyobonlarda;
• istirohat boğlarida;
• bozorlarda va savdo majmualari hududlarida, şuningdek ularga tutaş hududlarda;
• avtomototransport vositalarini vaqtinça saqlaş joylarida;
• köçalarda;
• stadionlarda;
• bekatlarda;
• yöllarning qatnov qismida;
• moddiy madaniy meros obyektlari joylaşgan hududlarda;
• jamoat transportining barça turlarida;
• boşqa jamoat joylarida.

👉 Qanday jazo beriladi?

Tilançilik uçun 2 xil jazo beriladi, biri maʼmuriy, ikkinçisi jinoiy.

• Maʼmuriy jazo — EKIH 1 baravaridan 3 baravarigaça miqdorda jarima solişga yoki 15 sutkagaça muddatga maʼmuriy qamoqqa olişga sabab böladi.

Agar mana şu maʼmuriy jazolardan biri qöllangan keyin ham şaxs tilançilikni yana davom ettirgan bölsa, unda ikkinçi martasida unga jinoiy jazo beriladi.

• Jinoiy jazo — 240 soatgaça majburiy jamoat işlari yoki 2 yilgaça axloq tuzatiş işlari yoxud 1 yilgaça ozodlikni çeklaş yoki 1 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.

👉 Tilançilikka jalb qilişning jazosi oğirroq

Qonunga köra, nafaqat tilançilar, balki özga şaxslarni tilançilikka jalb qilgan şaxslar ham javobgarlikka tortiladi va ularning jazosi tilançilarnikidan oğirroqdir.

👉 Kimlarni tilançilikka jalb qiliş mumkin emas

• Voyaga yetmagan şaxslarni;
• keksa yoşdagi şaxslarni;
• ruhiy kasalliklari, nogironligi bölgan şaxslarni;
• boşqa şaxslarni (bu degani - “istalgan şaxsni”) tilançilikka jalb qiliş mumkin emas.

Şuningdek, şaxslarga alkogolli içimliklarni yoxud giyohvandlik moddalari yoki psixotrop moddalar bölmagan, lekin şaxsning aql-idrokiga taʼsir körsatuvçi moddalarni majburan isteʼmol qildirgan holda ularni tilançilik qilişga jalb etiş ham javobgarlikka tortişga asos böladi.

👉 Qandan jazo beriladi?

Bunda ham 2 xil jazo bor.

• Maʼmuriy jazo — EKIH 5 baravaridan 10 baravarigaça miqdorda jarima solişga yoki 15 sutkagaça muddatga maʼmuriy qamoqqa olişga sabab böladi.

Agar mana şu maʼmuriy jazolardan biri qöllangan keyin ham şaxs tilançilikni yana davom ettirgan bölsa, unda ikkinçi martasida unga jinoiy jazo beriladi.

• Jinoiy jazo — EKIH 100 baravaridan 200 baravarigaça miqdorda jarima yoki 360 soatgaça majburiy jamoat işlari yoxud 2 yilgaça axloq tuzatiş işlari yoki 1 yildan 3 yilgaça ozodlikni çeklaş yoki 3 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.

👉 Oğirlaştiruvçi holatlar

Şaxslarni tilançilikka jalb qilişda quyidagilar oğirlaştiruvçi holatlar deb topiladi:

a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) uyuşgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini közlab;
v) boşqa şaxsni giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini yoki psixotrop moddalarni isteʼmol qilişga majburlagan holda sodir etilgan bölsa.

Bunday vaziyatda jinoiy jazo yanada oğir böladi — 3 yildan 5 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek