Abituriyentlar uçun darsliklar va test savollari mexanizmi
Darslik masalasidagi bugungi postimdan keyin bir muştariy vaziyatga oydinlik kiritişga harakat qildi. U DTM saytidagi xabarda aytilgan mana bu gapga eʼtibor qaratişimizni söramoqda:
«Abituriyentlar uçun savollar kitobini şakllantirişda ular bitirgan taʼlim muassasa turi, uşbu turdagi taʼlim muassasalarida foydalanişga tavsiya etilgan darsliklar inobatga olinadi».
Mazkur gapdan maktab va kollej bitiruvçilari uçun alohida savollar kitobi şakllantiriladi, deya tuşunsa böladi. Demak, bu men yuqorida taʼkidlagan 1-usulga töğri keladi.
Ammo birgina gap vaziyatni oydinlaştiriş uçun mutlaqo yetarli emas. Tuşunmovçiliklar juda köp. Aynan mexanizm batafil tuşuntirib berilmagan. Masalan, mana bu savollarga javob berilişi kerak:
1) turli taʼlim muassasasining bitiruvçilari alohida guruhlarga bölinadimi yoki aralaş ötiraveradimi? Katta pavilyonlarda bu qanday tartibga solinadi?
2) savollarni 2 xil bazaga ajratiş qay tartibda amalga oşiriladi?
3) agar texnik xatolik sababli maktab bitiruvçisiga kollej darsligidan 1 ta savol tuşib qolsa va abituriyent öşa savolga notöğri javob bergan bölsa, unda apellyatsiyada bu masala qanday hal etiladi? Unga taalluqli bölmagan öquv rejasidan savol tuşgani uçun abituriyentga ball qöşiladimi? Yoki şunçaki uning bu mazmundagi apellyatsiyasi inobatga olinmaydimi?
4) agar savollar kitobini tarqatişayotgan paytda kuzatuvçilarning xatosi sababli maktab bitiruvçisiga möljallangan savollar kitobi kollej bitiruvçisiga berib yuborilsa (yaʼni 1-2 ta savol emas, barça 90 ta savol boşqa öquv dasturidan tuşgan bölsa), unda bu holatda apellyatsiya qanday hal etiladi?
5) bir neça yil avval bitirgan abituriyentlar qaysi darslik asosida test topşiradi? Masalan, 7 yil oldin kollejni yoki 10 yil oldin maktabni tugatganlar?
Masalaning yana boşqa nozik tomonlari ham bölişi mumkin. Şularni qanday hal qiliş rejalaştirilmoqda?
Xalqqa tuşunarli va sodda tilda mazkur masalada batafsil maʼlumot berilsa yaxşi bölardi.
ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!
Darsliklar masalada javob aniq: hammaga özi öqigan darsliklardan savol tuşadi, maktabdagilar kollej darsligini, yoki kollejdagilar aksinça maktablarning 10-11-sinf darsligini öqişi şart emas. Böldi, hozirça Sizga şu javobning özi yetadi. Mexanizmi qanaqa bölişini öylab, vaqt va kuç sarflaşingizga hojat yöq. Undan köra, hadeb "darsliklar aniqmas" degandan köra, köngil xotirjamligi bilan yaxşilab öqişni davom ettiravering, qolganini şu sohaga masʼullarning özi eplaydi. Hozir bunaqa savollar uçun boşingizni oğritadigan davr emas.
P.S.: qiziq tomoni, bundan buyon öquv markazlari va repetitorlar abituriyentlarni taʼlim muassasasiga qarab guruhlarga bölişsa kerak. Çunki 9-sinfdan keyingi mavzularni alohida-alohida öqitişga töğri keladi.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ
