Myobius lentasi: tilançilik uçun jazo haqida hikoya
Myobius lentasi
- Hoy, bolakay, nimaga tilançilik qilib ötiribsan? Maktabga borsang bölmaydimi? Ota-onang bormi, nimaga ular nazorat qilmayapti?
- E, amaki, boşimizga musibat tuşdi. Dadam 3 yil oldin vafot etgan, 3 oy oldin esa onam qamalib qoldi. 10 yaşar singlim va 5 yaşar ukam bor, ularni kimdir boqişi kerakku. Oilada katta öğilman axir. Şunga tilançilik qilişga majbur böldimda, nima qilay axir.
- Tilançilik qilgandan köra, iş qidirib körsang bölmaydimi? Halol pul topişga örgan, yoşligingdan bunaqa tekinxör bömasdan.
- Kuç-quvvatga tölgan 30-35 yaşar pahlavon yigitlar iş topa olmay Rossiyaga ketyaptiku, nimjongina 15 yaşar bolaga iş qayoqda desiz? Nima, menga ham tilançilik qiliş yoqadi deb öylayapsizmi? Köça-kuyda sinfdoşlarim, qöşnilarim körib qolmasin, deb har soniyada yuragimni hovuçlab yaşaş, heç bölmasa 100 söm pul çiqarmikin, deb odamlarning qöliga termuliş oson deb öylaysizmi? Qani iş? Topib bering, jon deb işlayman!
- Endiii, uka (biroz çaynalib...), baribir tilançilik qilişing yaxşimas. Mana, yaqinda deputatlarimiz va senatorlarimiz bir qonunni qabul qilişdi. Unga köra, tilançilikka jazo belgilandi. Birinçi martasida 1 baravardan 3 baravargaça jarima yoki 15 sutkagaça qamoq beriladi. Agar 1 yil içida yana takrorlansa, 240 soatgaça majburiy jamoat işlari yoki 2 yilgaça axloq tuzatiş işlari yoxud 1 yilgaça ozodlikni çeklaş yoki 1 yilgaça ozodlikdan mahrum qilinişidan xabardormisan?
- Ha, xabardorman (çuqur xörsinib...).
- Aytgança, onam qamalib qoldi degandingmi, nima qilib qamaldi, Sizlarni boqaman deb öğrilik qilganmidi?
- Yöq, tilançilik...
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ


