Ramazon Hayiti 13-may kuni nişonlanadi
⚡️ Ramazon Hayiti 13-may kuniga belgilandi. Özbekistonliklar 4 kun dam oladi.
Şavkat Mirziyoyev bugun, 10-may kuni «Ramazon hayitini nişonlaş töğrisida»gi PQ-5110-sonli qarorga imzo çekdi. Bu haqda ÖzA (@uzauz) xabar bermoqda.
Qarorga köra, Özbekiston musulmonlari idorasining 2021-yilda Ramazon hayitining birinçi kuni 13-may — payşanba kuniga töğri kelişi haqida qabul qilgan qarori inobatga olinib, mamlakatimizda 2021-yil 13-may Ramazon Hayiti bayrami sifatida nişonlanişi belgilandi.
Şuningdek, Prezidentning 10-maydagi PF-6222-sonli Farmoni asosida 2021-yil 14-may (juma) hamda 15-may (şanba) kunlari qöşimça dam oliş kuni deb eʼlon qilindi.
Bundan kelib çiqib, özbekistonliklar Ramazon Hayiti munosabati bilan ketma-ket 4 kun dam oladigan bölişdi:
13-may, payşanba — Ramazon Hayitining birinçi kuni (işlanmaydigan bayram kuni);
14-may, juma — qöşimça dam oliş kuni (barça uçun);
15-may, şanba — qöşimça dam oliş kuni (barça uçun);
16-may, yakşanba — umumiy dam oliş kuni.
Qarorning töliq matni: http://uza.uz/posts/265908
👉 @xushnudbek 👈


