Ramazon Hayitida neça kun dam olinişi maʼlum böldi
Ramazon Hayitida özbekistonliklar neça kun dam oladi?
Şu kunlarda juda köpçilikni bir savol öylantirmoqda: «Ramazon Hayitida dam oliş kunlari qanday böladi? Neça kun dam olamiz?».
Prezident matbuot kotibi Şerzod Asadovning maʼlum qilişiça, tez orada Prezident yaqinlaşib kelayotgan Ramazon hayitini nişonlaş böyiça qarorni imzolaydi va bu haqda OAVda maʼlum qilinadi.
Eslatib ötamiz, 2021-yil 9-fevraldagi PF-6165-sonli Prezident farmoniga binoan, Navröz umumxalq bayrami, Mustaqillik kuni va Yangi yil bayrami hamda Ramazon hayiti (Iyd al-Fitr) va Qurbon hayiti (Iyd al-Adha) diniy bayramlarini nişonlaş davrida qöşimça va köçiriş hisobiga işlanmaydigan kunlar uç kundan kam bölmagan muddatga belgilanişi qayd etilgandi.
Şundan söng mart oyida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi qöşimça dam oliş kunlarini belgilaş haqidagi farmon loyihasini umumxalq muhokamasi uçun eʼlon qilgandi. Loyihaga köra:
14-may, juma - qöşimça dam oliş kuni;
15-may, şanba - iş haftasining turidan qatʼi nazar dam oliş kuni etib belgilanişi nazarda tutilgandi.
❗️Bundan kelib çiqilsa, agar mabodo 13-may kuni Ramazon Hayitining birinçi kuniga töğri kelsa, unda özbekistonliklar 13, 14, 15, 16-may kunlari ketma-ket 4 kun dam olişlari mumkin böladi.
Bu hozirça bizning taxminimiz xolos, Prezident tegişli hujjatni imzolagandan söng aniği maʼlum böladi. Bu haqda qöşimça xabar beramiz.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1



