Davlat madhiyasini tinglaş tartibi belgilangan
«Özbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi töğrisida»gi qonundan parça
7-modda.
Özbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi köpçilik huzurida ijro etilganda, agar qonun hujjatlarida boşqaça qoida belgilanmagan bölsa, hozir bölgan kişilar madhiyani tik turib va öng qöl kaftini kökrakning çap tomoniga qöyib, harbiy yoki davlatning boşqa xizmatidagi maxsus kiyimdagi şaxslar esa qölini boş kiyimiga qöyib tinglaydi.
Izoh: yuqoridagi qonun talabidan kelib çiqilsa, oddiy fuqarolardan farqli ölaroq prokuratura, içki işlar, mudofaa, bojxona organlari xodimlari harbiy yoki maxsus kiyimda bölgan paytlarida qölini boş kiyimiga qöyib (çest berib) davlat madhiyasni tinglaşi kerak.
Hokimlarda esa maxsus kiyim yöq, şu sababli ular madhiyani qölini köksiga qöyib tinglaydi.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1
