Ramazon hayiti munosabati bilan dam oliş kunlari

Matn26-aprel, 2022, 20:312 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❓Ramazon bayrami munosabati neça kun dam oliş beriladi?

Bugungi videoselektorda kelgusi haftada Ramazon Hayiti munosabati bilan ham aholimizga yana 5 kunlik dam oliş berilişi maʼlum qilindi. Aslida bu yangilik emas, ötgan yili dekabr oyidagi Prezident farmonida bu nazarda tutilgan edi, bugun qayta eslatib ötildi xolos.

Köpçilik dam oliş qaysi kunlarga töğri kelişini söramoqda.

Bu yerda 2 ta muhim maʼlumotni bilişingiz kerak:

1️⃣ ketma-ket 5 kunlik dam oliş hammaga emas, faqat haftasiga 5 kun işlovçilarga 5 kun dam oliş böladi. Haftasiga 6 kun işlovçilarga esa 4 kun dam oliş beriladi;

2️⃣ Prezident farmonida 4-may (çorşanba) va 5-may (payşanba) kunlari dam oliş kunlari deb eʼlon qilingan. Lekin bu yerda Ramazon Hayiti 3-mayga töğri kelişi hisobga olingan. Hali Hayit qaysi kunga töğri kelişi aniq emas, ammo 2-may kuni bölişi ehtimoli juda yuqori. Şu sababli dam oliş kunlarida özgariş bölişi mumkin.

Keling, Hayit bayramini 2-mayga töğri keladi deb tasavvur qilamiz. Şunda dam oliş kunlari quyidagiça bölişi mumkin (ammo bu hali rasmiy emas):

✅ haftasiga 5 kun işlaydiganlar uçun:

1️⃣ 30-aprel (şanba);
2️⃣ 1-may (yakşanba);
3️⃣ 2-may (duşanba) – Ramazon hayiti;
4️⃣ 3-may (seşanba) — köçirilgan dam oliş kuni;
5️⃣ 4-may (çorşanba) — köçirilgan dam oliş kuni.

Izoh: 5 kun işlovçilar köçirilgan dam oliş kunlari evaziga 7-may va 14-may şanba kunlari ham işga çiqişi kerak böladi.

✅ haftasiga 6 kun işlaydiganlar uçun:

1️⃣ 1-may (yakşanba);
2️⃣ 2-may (duşanba) – Ramazon hayiti;
3️⃣ 3-may (seşanba) – qöşimça dam oliş kuni;
4️⃣ 4-may (çorşanba) – qöşimça dam oliş kuni;

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 2439
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek