Içki turizm uçun xarajatlarning bir qismi qaytariladi
Xushnudbek.uzFoto1 daqiqa0tahrirlangan
Şavkat Mirziyoyev raisligida turizm sohasini yanada rivojlantiriş mavzusida videoselektor yiğilişi bölib ötdi.
Unda aytilişiça, 1-sentabrdan boşlab, yurtimiz böylab sayohat qilayotgan fuqarolarga:
- avia, temir yöl va avtobus çiptalari narxining 15 foizini (aviatransportga 200 ming sömgaça, temir yöl va avtobusga 100 ming sömgaça);
- mehmonxona xarajatining 20 foizini (bir keça uçun – 80 ming sömgaça);
- muzey va boşqa madaniyat obyektlariga çipta narxining 50 foizini (bitta obyekt uçun – 20 ming sömgaça) qaytariş tizimi joriy etiladi.
Bayram kunlari va festivallarda aholining faol sayohat qilişiga qulay şaroit yaratiş uçun qöşimça avia, temir yöl va avtobus qatnovini taşkil etiş zarurligi körsatib ötildi. Bunda çiptalarga 50 foizgaça çegirmalar joriy qilinadi.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 517


