Afğonistondagi teraktlar oqibatida yuzga yaqin odam halok böldi
Afğonistonda 2 ta terrakt. Yuzga yaqin odam halok böldi
8-may - şanba kuni Afğonistonning Kobul şahridagi qizlar maktabi binosi oldida portlaş röy berdi. Qurbon bölganlar soni 70 nafardan, jarohatlanganlar esa 150dan ortiq ekani aytilmoqda.
Qurbonlarning aksariyatini 11 yoşdan 15 yoşgaça bölgan qizlar taşkil qiladi.
Manbalarning taʼkidlaşiça, maktabda uçta portlaş sodir etilgan: dastlab maşina portlagan, söngra ikki raketa uçirilgan.
Şuningdek, 10-may - Afğonistonning Zabul viloyatida yölovçi avtobusining yölga qöyilgan minada portlaşi oqibatida kamida 16 kişi halok böldi.
Mamlakatda terakt qurbonlari xotirasiga 11-may motam kuni deb eʼlon qilindi.
👉 @xushnudbek 👈


