Xotin-qizlar uçun OTMga tavsiyanoma beriş tartibi

Matn5-iyun, 2021, 18:592 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uz❗️Хотин-қизлар диққатига! 4%лик тавсиянома олиш учун ариза беришга шошилинг! Ҳукуматнинг 2021 йил 3 июндаги 338-сонли қарори билан эҳтиёжманд оилалардаги хотин…

❓Tavsiyanoma kimlarga beriladi?

Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga qöşimça 4% lik davlat granti asosida OTMlarga qabul qiliş böyiça tanlovda iştirok etiş uçun tavsiyanoma quyidagi mezonlar asosida beriladi:

➖ kam taʼminlangan oilalardagi xotin-qizlar (bunda kam taʼminlangan oila deganda, oilaning har bir aʼzosiga jami daromad aniqlanadigan davrda belgilangan mehnatga haq tölaş eng kam miqdorning 0,527 baravari (393 ming 827 söm)dan köp bölmagan miqdorda töğri keladigan bir oylik örtaça jami daromadga ega bölgan oila tuşuniladi);

➖ töliqsiz oilada tarbiyalanayotgan, yaʼni otasi yoki onasi yoxud ularning ikkalasi ham vafot etgan ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar;

➖ turmuş örtoği vafot etgan, voyaga yetmagan farzandini yolğiz tarbiyalayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar;

➖ nogironligi bölgan farzandi bor ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar;

➖ ikki yoki undan ortiq farzandlarini tarbiyalayotgan, boşqa qarindoşlaridan alohida (ijarada) yaşayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolğiz ayollarning qiz farzandlari;

➖ota-onalaridan biri yoki har ikkisi ham birinçi yoki ikkinçi guruh nogironi bölgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar.

Uşbu toifalarga töğri keladigan xotin-qizlar 8-iyunga qadar aziz-ayol.uz sayti orqali elektron ravişda ariza berişlari mumkin. Mabodo muammo yoki tuşunmovçilik bölsa, yaxşisi yaşaş joyidagi mahalla fuqarolari yiğinlariga murojaat qilganlari maʼqul.

Bu tavsiyanoma özi nima beradi?

Tavsiyanoma xotin-qizlarga nima berişi haqida mana bu yerda batafsil maʼlumot berilgan:

👉 https://t.me/xushnudbek/6373

Quyidagilarni unutmang:

❌ Tavsiyanoma ball qöşib bermaydi;

❌ Tavsiyanoma olganlarning hammasi öqişga 100% kiradi degani ham emas;

❌ Tavsiyanoma tanlangan beşta yönalişga ham ötavermaydi, faqat birinçi yönaliş böyiça hisoblanadi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 7
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek