Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Yöqolgan haydovçilik guvohnomasini tiklaş tartibi

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn2 daqiqa0tahrirlangan

❓Haydovçilik guvohnomasi yöqotib qöyilsa, yangisini oliş uçun imtihon topşiriş kerakmi?

✅ JAVOB: Ha, şunday. Ammo doim ham qayta imtihon topşiriş şart emas.

❓Qanday istisnolar bor?

✅ JAVOB: Agar "prava" öğirlangan, yonğin, tabiiy ofat oqibatida va boşqa şu kabi sabablarga köra yöqolgan hamda daxldor vakolatli idoralarning hujjatlari bilan tasdiqlangan holatlarda qayta imtihon topşiriş talab etilmaydi. Masalan, Sardoba suv ombori fojiasi natijasida suvga oqib ketgan "prava"larni tiklaş uçun fuqarolardan qayta imtihon topşiriş talab qilinmagan edi.

Demak, faqat yöqotib qöyilgandagina qayta imtihon topşiriş talab etiladi.

❓ Bu qoidani qaçon kiritişgan, avval ham bormidi özi?

✅ JAVOB: bu qoida 1998-yil 19-oktabrdagi 445-sonli Hukumat qarorining 5.12-bandida bölgan. Lekin uşbu qarorda yöqotilgan "prava" uçun faqat nazariy imtihonlar topşirilişi belgilangan. Asos.

2006-yil 2-avgustdagi 156-son Hukumat qarori bilan yangi Nizom qabul qilindi. Nizomning 72-bandida xuddi 1998-yilda bölganidek, yöqolgan haydovçilik guvohnomasining dublikati nazariy va amaliy imtihonlar topşirilganidan söng berilişi qayd etildi. Asos.

2018-yil 31-maydagi 408-son Hukumat qarori bilan yana yangi Nizom qabul qilindi. Uşbu Nizom hozir ham kuçda. Nizomning 69-bandida xuddi avvalgi Nizomlarda bölganidek, yöqolgan "prava"ning dublikati nazariy va amaliy imtihonlar topşirilganidan söng berilişi belgilandi. Asos.

Körib turganingizdek, uşbu qoida 1998-yildan buyon bor. Balki undan ham oldin bölgandir, lekin men bunga oid hujjatlarni topolmadim.

❓Bu qoida kerakmi özi?

✅ JAVOB: Hozir kerakmas.

Katta ehtimol bilan uşbu qoida firibgarlik va soxta haydovçilik guvohnomalari berilişining oldini oliş maqsadida joriy etilgan. Yaʼni umuman "prava"si yöq odam, "yöqotib qöydim" deb aldab, örniga yangisini ololmasligi uçun qilingan. Çunki 90-yillarda buni tekşirişning imkoni bölmagan yoki soxtalaştiriş oson bölgan. Ammo bir neça yildan buyon tizimlar elektronlaştirilib, bunday aldovlarning oldi olingan. Kim qaçon "prava" olgani elektron bazada bor va buni tekşiriş juda oson. Şu sababli qayta imtihon topşirtiriş ehtiyoji bugungi kunda yöq va bu mantiqqa ham zid. "Prava" yöqotib qöyilgani yoki aytaylik biror joyda tuşib qolgani, bu öşa haydovçining malakasi va bilimi ham yöqolib ketdi, degani emas.

Şu sababli yöqolgan "prava"lar uçun dublikat beriş tizimini qayta körib çiqiş kerak. Agar elektron bazada uning haqiqatdan haydovçilik guvohnomasi borligi aniqlansa, unda qayta imtihon olmasdan, tegişli tölovini undirib, haydovçilik guvohnomasining dublikatini beriş kerak.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 1240
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek