Vatandoşlar fondi xorijdagi özbekistonliklarga murojaat qildi

Matn2-mart, 2022, 16:301 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

“Vatandoşlar” jamoat fondi xorijdagi özbekistonliklarga murojaat bilan çiqdi

Murojaatda aytilişiça, olib borilayotgan muloqotlar va tuşuntiriş işlariga qaramay, ayrim vatandoşlarimiz turli davlatlarning manfaatlariga xizmat qiluvçi baʼzi manbalarga tayanib, maʼlum miqdordagi pul mablağlari, katta vaʼdalar, jumladan, turli şartnomalar tuziş orqali fuqarolik beriş va boşqa çaqiruvlarga uçib, şoşma-şoşarlik bilan qaror qabul qilişlari ortidan xatarli vaziyatlarga tuşib qolmoqda.

Şu munosabat bilan, xorijdagi vatandoşlarimizni quyidagi tavsiyalarga amal qilişga çaqiramiz:

➖ boşqa davlatlar içki işlariga aralaşmaslik;

➖ har xil çaqiriqlar va oqimlarning aldovlariga işonmaslik;

➖ heç qanday ziddiyatli va qurolli vaziyatlarga aralaşmaslik;

➖ öqotar qurollarni qölga olmaslik va ulardan foydalanmaslik (ğayriixtiyoriy ravişda qotilga aylanib qolmaslik);

➖ vaziyatni çigallaştiruvçi heç qanday şiorlarni tarğib qilmaslik;

➖ nizolaşayotgan taraflarning bayroği, madhiyalari, ramzlari va şiorlarini işlatmaslik (Özbekiston fuqarolariga nisbatan salbiy munosabat şakllanib qolişining oldi olinadi).

Yuqoridagi holatlarga aralaşiş belgilangan tartibda jinoiy javobgarlikka tortiş uçun asos bölişini yana bir bor eslatgan holda, bugun dunyoda kuzatilayotgan vaziyatda neytral pozitsiyani ustuvor qöyişni tavsiya etamiz.

“Dunyoning qaysi ölkasida bölmaylik, aziz Vatanimiz – Özbekistonning obrösi, eʼtibori, şaʼni–şuuri va xalqaro imidjini saqlaş muqaddas burçimiz ekanligini unutmaylik”, - deyiladi murojaatda.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 841
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek