Karantin çeklovlarini bekor qiliş bosqiçlari belgilandi

Matn12-avgust, 2020, 19:261 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Karantin talablari qaçondan bekor bölyapti?

Bugungi selektorda Şavkat Mirziyoyev bu böyiça yana bir bora körsatma berib ötdi. Unga köra, quyidagi sanalardan boşlab quyidagi yengilliklar joriy etiladi:

👉 15-avgustdan avtotransport vositalarining kun davomida yurişi, mahalliy avia va temir yöl qatnovi uçun ruxsat beriladi;

👉 15-avgustdan sanatoriylar, mehmonxonalar, muzeylar, bolalar oromgohlari, dala hovlilar ijarasi, gözallik salonlari, sartaroşxonalar, oçiq havoda xizmat körsatadigan umumiy ovqatlaniş obyektlari faoliyati ham tiklanadi;

👉 15-avgustdan belgilangan talablarga amal qilgan holda uyda 30 kişilik oilaviy marosimlar ötkaziş mumkin böladi. Töyxonalarga hozirça ruxsat yöq;

👉 17-avgustdan hududlar örtasida avtotransport qatnovi, jamoat transporti (metropolitendan taşqari) va şahar atrofidagi avtobuslar qatnovi tiklanadi;

👉 20-avgustdan buyum va quriliş mahsulotlari bozorlari, yirik savdo dökonlari, sport zallari, fitnes klub va basseynlar işlay boşlaydi;

❗️Respublika maxsus komissiyasi har bir faoliyat turi böyiça qanday sanitariya talablariga amal qiliş zarurligini aniq belgilab beradi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek