Şerzod Şermatov koronavirusdan qanday tuzalgani haqida
Xushnudbek.uzMatn1 daqiqa0Xalq taʼlimi vaziri Şerzod Şermatov özining Feysbukdagi sahifasida koronavirusga çalingani va undan qanday qilib tuzalgani haqida sözlab berdi hamda boşqalarga ham tajribasi bilan örtoqlaşdi. Jumladan, şunday deydi:
«Boşidan ötgan tabib deganlaridek, kimdir özida şunday holatlarni sezsa baʼzi maslahatlar ularga foydali bölsa kerak deb yozayapman.
Birinçidan, Vahima qilmaslik. Vahima xar qanday kasalni yanada kuçayişiga, odamni asabiylaşişiga va atrofda unga yordam berayotganlarni qiynalişiga sabab böladi.
Ikkinçidan, Yaxşi niyat qiliş. Internetda juda negativ köp, lekin kasal paytingizda eng asosiysi yaxşi niyat qilib özingiz birinçi navbatda tuzalişga harakat qilsangiz, tezroq tuzalib ketasiz.
Uçinçidan, Yaxşilik qiliş, Sadaqa raddi balo deyilgandek, qançalik yaqinlarga va muxtojlarga yordam berilsa, şunçalik odam özini yengilroq his qiladi.
Oxirgisi va eng asosiysi: şifokorlar işini qadrlaş. Şunça qiyinçiliklarda eng asosiy yuk şifokorlarga bölayapti. Şunday ekan hozirgi davrda soğliğingiz tufayli şifoxonaga tuşib qolsangiz, sizni davolaydigan şifokormi, hamşirami yoki boşqa tibbiy xodim böladimi, siz ham öz navbatida ularga yaxşi gapirib, könglini kötarib turişni maslahat beraman. Ular ham juda çarçaşayapti, ayniqsa şu issiqda sanitariya qoidalariga rioya qilib hammasi maxsus kiyimda yurişi oson emasligini körişingiz mumkin», - deydi Şerzod Şermatov.
Batafsil quyidagi havolada öqişingiz mumkin:
https://teletype.in/@xushnudbek/Shermatov-koronavirusdan-tuzaldi




