Jahon banki qişloq xöjaligi uçun 500 mln dollar ajratadi

Matn11-avgust, 2020, 21:021 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Jahon banki Özbekistonga qişloq xöjaligini modernizatsiya qiliş uçun 500 mln dollar mablağ ajratadi

Şavkat Mirziyoyev «Xalqaro tiklaniş va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot uyuşmasi iştirokida “Özbekiston Respublikasi qişloq xöjaligini modernizatsiya qiliş” loyihasini amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarorni imzoladi.

Qarorda Jahon banki tomonidan moliyalaştirilayotgan loyihaning ustuvor yönalişlari, mablağdan foydalaniş sxemasi va tartibi belgilab berildi.

6 yilga (2020–2026-yillar) möljallangan uşbu loyihaga Jahon banki tomonidan 30 yil muddatga quyidagi şartlar asosida mablağlar ajratilmoqda:

👉 10 yillik imtiyozli davr bilan Xalqaro tiklaniş va taraqqiyot banki tomonidan 181 mln AQŞ dollari miqdorida qarz;
👉 10 yillik imtiyozli davr bilan Xalqaro taraqqiyot uyuşmasining 100 mln AQŞ dollari miqdoridagi kredit;
👉 5 yillik imtiyozli davr bilan Xalqaro taraqqiyot uyuşmasining 219 mln AQŞ dollari miqdoridagi imtiyozli kredit.

Loyihaning umumiy qiymati 659,3 mln AQŞ dollariga teng, ulardan Özbekiston uluşi – 159,3 mln AQŞ dollarini, şu jumladan:

➖ soliq va bojxona tölovlari böyiça imtiyozlar beriş, investitsiya davrida moliyaviy xarajatlarni tölaş şaklidagi uluş – 124,3 mln AQŞ dollarini;
➖ loyiha iştirokçilarining (benefitsiarlar) uluşi esa 35 mln AQŞ dollari ekvivalentini taşkil etadi.

➡️ @uzauz

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek