Davlat soliq qömitasi qarorni imzolab, keyin muhokamaga qöydi
Kelajakka qaytib
2019-yil 8-iyul kuni Davlat soliq qömitasi raisi B.Musayev «Yuridik şaxslarni yirik soliq tölovçilar toifasiga kiritişning mezonlarini belgilaş töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida»gi qarorni imzolabdi (lex.uz/docs/4416401).
Soliq qömitasi qarorni imzolaşga imzolab qöygaç, birdaniga bunaqa qarorlarni umumxalq muhokamasiga qöyiş kerakligi esiga tuşib qolibdi.
Va 9-iyul kuni, yaʼni qaror imzolangandan 1 kun ötib, NHH loyihalari muhokamasi portaliga qaror loyihasini muhokamaga qöyişibdi (regulation.gov.uz/uz/document/4311). Ajoyib, şunday emasmi? Xalq fikriga bölgan hurmat bundan ortiq bölurmu, hay, hay?
Ha, aytgança, fikrlaringiz bölsa, loyihaga kirib qoldiring, muhokama 24-iyulga qadar davom etar ekan. Fikrlaringizni Soliq qömitasi juda va juda qadrlaydi.
👉 @xushnudbek 👈



