Aziz Abduhakimov abituriyentlar savollariga javob berdi
‼️Boş vazir örinbosari Aziz Abduxakimov Telegram kanalim orqali mutasaddilarga iltimosnoma tarzida yozgan postimga rasman javob qaytardilar.
Bloger Xuşnudbekning bergan savollariga JAVOBLAR:
1. Kiriş ballari haqida internet orqali maʼlumot olişni yölga qöyiş lozim.
JAVOB: 2018-yil 5-avgustdan boşlab Davlat test markazining rasmiy veb-sahifasidagi “Test natijalarini biliş” bölimida (results2018.dtm.uz) abituriyent test sinovlarini topşirgan taʼlim yönalişi böyiça davlat granti va tölov-kontrakt asosida ötiş ballari joriy qilindi.
2. Köpçilik tuşunmayotgan tartiblarga rasmiy izoh berişni yölga qöyiş.
a) Harbiy imtiyozi bor abituriyentlar tanlagan 2-OTMdagi test sinovlari keyingi kunlarda bölsa va asosiy OTMga kira olmagan, lekin töplagan bali 2-OTMga yetgan bölsa, ular kirgan-kirmaganini qanday bilsa böladi?
JAVOB: Harbiy qism qömondonligining tavsiyanomasiga ega bölgan abituriyent test sinovi topşirgan taʼlim yönalişiga kiriş uçun yetarli ball töplamagan, biroq tanlagan ikkinçi oliy taʼlim muassasasi taʼlim yönalişi, taʼlim şakli va tili böyiça qabul kvotasi doirasida belgilangan ötiş bali va undan yuqori ball töplagan taqdirda, uşbu taʼlim yönalişiga tölov-kontrakt asosida Davlat komissiyasining qarori bilan test sinovlari töliq yakunlanganidan söng belgilangan kvotadan taşqari öqişga tavsiya etiladi.
b) Harbiylarning farzandlari uçun imtiyozlar berilgan edi. Köpçilik, aynan şu masalada ham söraşmoqda. Yaʼni maxsus tavsiyanomasi bor harbiyning farzandi öqişga kira olmasa nima böladi? Özi bu tavsiyanoma nima uçun kerak edi va qanday foydasi tegadi?
JAVOB: Mazkur toifaga mansub imtiyozga ega abituriyentlar tegişli taʼlim yönalişi böyiça belgilangan umumiy kvota doirasida tanlovda iştirok etadi.
Şu bilan birga, respublika böyiça belgilangan davlat granti kvotasidan taşqari ajratilgan alohida 5% davlat granti kvotasi doirasida harbiylar farzandlari tanlovda iştirok etadilar. Mazkur imtiyoz abituriyent uçun yana bir imkoniyat yaratib uni ijtimoiy himoyalaşga asos böladi.
c) Nogironlardan ham xuddi şunday savollar kelib tuşmoqda. «Har bir OTMda nogironlar uçun 2%lik kvota ajratilgan edi, men yetarli kiriş bali töplay olmadim, endi nima böladi? Kvota menga qöllanadimi?» deya söraşmoqda.
JAVOB: Nogironligi bölgan şaxslar uçun ajratilgan qöşimça 2% davlat granti asosidagi kvotalar asosida qabul qilinmagan abituriyentlar töplagan ballari bilan mazkur taʼlim yönalişida umumiy tartibda tanlovda iştirok etadi.
P.S.: Bizni eşitişmoqda! Rosti şaxsan Boş vazir örinbosaridan bunday javob olaman deb tasavvur ham qilmagandim. Qoyil! Eʼtibor uçun hamda söralgan masalalar zudlikda hal qilingani uçun barça abituriyentlar nomidan minnatdorlik bildiraman.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/xushnudbek


