Öqişga kira olmagan abituriyentlar uçun savol-javoblar
Öqişga kira olmaganlar tomonidan eng köp berilayotgan savollar:
(barça savol-javoblar real suhbatlarga asoslangan)
1️⃣ Men kiriş uçun yetarli ball töplay olmadim. Bizda kiriş 120 böldi, men esa 100 ball oldim. Ammo men topşirgan OTMning boşqa yönalişida, kiriş bali 80 bölibdi. Men şu 100 balim bilan öşa fakultetga "perevod" qila olamanmi?
- Yöq, qila olmaysiz.
2️⃣ Men öqişga kira olmadim, endi sirtqi bölimga öqişga topşira olamanmi?
- Yöq, topşira olmaysiz. Keçki bölim 25-iyulgaça, sirtqi bölim esa 31-iyulgaça hujjatlarni qabul qilgan, endi keç. Hozir faqat ikkinçi mutaxassislikka öqişga topşiriş mumkin, 20-avgustgaça.
3️⃣ Unda ikkinçi mutaxassislikka topşirsam böladimi?
-Yöq, topşira olmaysiz. Çunki ikkinçi mutaxassislikka faqat oliy maʼlumoti borlar topşira oladi.
4️⃣ Meni test javoblarim 4-avgustda çiqdi, lekin kira olmabman. Şunga hali testi ötkazilmagan, masalan, 15-avgustda testi böladigan OTMga tezgina hujjat topşirsam böladimi?
-Yöq, sekingina ham topşira olmaysiz.
5️⃣ Nega? Axir bu yildan bir neçta OTMga topşirsa böladi deyişgan ediku.
- Heç qayerda unaqa deyilmagandi. Faqat şunday taklif berildi xolos. U ham qaçon amalga oşişi nomaʼlum. Taxminan 2021-yillarga rejalaştirilayotgan ekan.
6️⃣ Men öqişga kira olmadim, agar heç qayerga hujjat topşira olmasam, unda 1 yil nima qilaman?
- Bu biroz oğriqli savol. Hozirgi taʼlim tizimimiz böyiça 1 marta yiqilgan abituriyent afsuski 1 yil umrini yöqotadi. Siz nima qilişingizni aniq ayta olmayman, bunga bir qança variantlar bor. Masalan, biror joyga işga kiriş, hunar örganiş, repetitorga borib, bilimingizni mustahkamlaş, biror til öqitadigan markazlarga, sport tögaraklariga boriş yoki xorijiy OTMlarga hujjat topşirib, çet elga öqişga ketiş. Albatta bularning barçasi Siz uçun oson va arzonga tuşmaydi. Lekin naçora. Asosiysi bekorçi işlar bilan şuğullanmang, vaqtingizni havoga sovurmang. Keyin qattiq afsuslanasiz.
Yana bir narsa: keyingi yil öqişga kiriş uçun, albatta repetitorga boriş şart ham emas. Agar özingizda xohiş kuçli va sal masʼuliyatli bölsangiz, bemalol uyda tayyorlanib kirişingiz ham mumkin. Bemalol...
Kanalga ulaniş:👇
https://t.me/xushnudbek

