Test sinovlarining 5 kunlik statistikasi eʼlon qilindi
5 kunlik statistika
1-5-avgust kunlari ötkazilgan test sinovlarida 290 ming 44 nafar abituriyent qatnaşdi.
6442 nafar abituriyent test sinovlariga kelmadi yoki keçikib kelgani uçun kiritilmadi.
1449 nafar abituriyent tartib qoidalarini buzganligi uçun çetlatildi.
Şundan:
807 nafari hududga kiriş joyida uyali telefon, şpargalkalar olib kirişga va özgani örniga kirişga uringanligi uçun;
692 nafari bino içida şpargalkadan foydalanişga va boşqa abituriyentlarga yordam berişga uringanligi uçun çetlatildi.
Barça maʼlumotlar Boş vazir örinbosari Aziz Abduxakimovning Facebook sahifasidan olindi.
Ötgan yilgi test sinovlaridan oldin Kun.uz saytida «1-avgustdagi test sinovlarini yanada adolatli ötkaziş uçun taklif» degan maqolam eʼlon qilingandi.
Maqolamdan parça:
Qonuniy asos
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomda ham, bungaça amalda bölgan Nizomlarda ham bir qoida bor. Yaʼni agar abituriyent test sinovlariga özi bilan şpargalka, telefon, kalkulyator va h.k. yordamçi vositalarni olib kirişga urinsa, öşa abituriyent test sinovlaridan çetlatiladi, imtihonga kiritilmaydi.
Tasavvur qilyapsizmi, hali abituriyent öşa vositalardan foydalangani yöq, hali içkariga kirgani yöq, şunçaki olib kirişga urindi xolos. Lekin şunday bölsada amaldagi qonunçilik böyiça bunday nopok yölga uringan abituriyent testdan çetlatilişi kerak.
Bizda holat qanaqa?
Bizda lekin bunga amal qilinmaydi. Hattoki OTMdagilar oldindan ruhan bu qoidaga amal qilmaslikka tayyorlanadi – yaʼni oldindan qölga tuşadigan telefonlar uçun raqamlangan konvertlar tayyorlab qöyişadi.
Poyabzalining tagida telefon olib kirişga uringan abituriyentga hurmat-izzat körsatişib, qöliga alohida raqam berib, imtihonga kiritib yuborişadi. Testdan çiqqandan keyin anavi abituriyent “Telefonimni tez topib beringlar” deb dağdağa ham qiladi.
Taklif qanday?
Taklifim oddiy – qoidaga amal qiliş kerak! Testga şpargalka yoki telefon kabi vositalar olib kirişga uringan abituriyentlarni öşa zahoti imtihondan çetlatiş kerak. Tamom! Taʼlimda keçiriş, köngilçanlik, istisno bölmasligi kerak. Qattiqqöl, qatʼiy qaror qabul qiladigan payt keldi!
Qanday amalga oşiriladi?
Bunday keskin qarorga ötişdan oldin obdon tarğibot işlarini olib boriş kerak. Bunda:
- Televideniye orqali test kunigaça tinimsiz ijtimoiy roliklarni aylantiriş kerak. Yaʼni “bu yildan boşlab telefon olib kirişga uringanlar testdan çetlatiladi. Öz biliminga işon! Tavakkal qilib, ğirrom yölini tanlab, 1 yil umringni ketkazma” degan mazmundagi rolikni har kuni 20-30 marta har bir telekanalda aylantiriş kerak. Ota-onalar ham körişi lozim;
- DTM varağini tarqatiş paytida tilxatga qöl qöydirib, ogohlantiriş xati beriş kerak. “Hoy, özingga qara, nopok yölni tanlab, keyin bizni boşimizni oğritib yurma” maʼnosida;
- Test kuni imtihon böladigan binolarning kiriş eşigi tepasida katta qilib eʼlon yoziş kerak. “Haliyam keç emas, bemaʼni fikringdan qayt va tavakkal qilma” qabilida.
- Test ötadigan joylarda oldingidek raqamlangan konvertlar tayyorlanadi. Faqat bu safar öz xohişiga köra telefonini topşirganlar uçun işlatiladi;
- Agar öz xohişiga köra bermasdan, tekşiruvçi tekşirgandan keyin abituriyentdan çiqqan qanday vosita uni testdan çetlatişga asos böladi. Heç qanday rahmdillik bölmasligi kerak! Heç qanday! “Voy, bilmay qolibman, puşaymonman, oyoqlarim tagiga yoki ularning orasiga qanday qilib telefon tuşib qolganini bilmayman” degan ertaklar inobatga olinmasligi lozim.
- Abituriyentlar yiğlaydi, siqtaydi, dod soladi, biron şantajlari özimni öldiraman, deydi. Quloq solmaslik kerak, tamom! Bitta istisno qilindimi, maqsadga erişilmaydi.
Nima foydasi bor?
Foydasi köp.
Kanalga ulaniş:👇
https://t.me/xushnudbek

