Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Toşkentda davlat uyini oliş uçun 10 yillik propiska

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn2 daqiqa0tahrirlangan

Toşkent şahrida davlat uyini sotib oliş uçun kamida 10 yillik propiska talab etilişi mumkin

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga Toşkent şahar hokimi J.Artikxodjayevning qarori loyihasi muhokamaga qöyilgan edi.

https://regulation.gov.uz/uz/document/3071

Qaror bilan Toşkent şahrida 2017-2021-yillarda qurilgan köp qavatli uylardagi turar joylarni sotiş tartibi töğrisidagi Nizomni tasdiqlaş rejalaştirilmoqda.

Bu yerda gap Sergelida qurilayotgan, xalq tilida “arzon uylar” deb ataladigan va davlat tomonidan qurilgan (xususiy emas) turar joylar haqida ketmoqda, menimça.

Muhokamalarda deyarli barça qarorning bir bandiga eʼtiroz bildirgan.

Yaʼni nizomga köra, Toşkent şahrida 2017-2021-yillarda qurilgan köp qavatli uylardagi turar joylarni sotib oliş huquqiga ega talabgorlar toifasidan biri sifatida Toşkent şahrida 10 yildan kam bölmagan davrda doimiy röyxatda (propiskada) turgan budjet taşkilotlaridagi Davlat xizmatçilari va işçilari körsatilgan.

Şuningdek, talabgorlar safiga yoş oilalar, eskirgan uy-joylarda istiqomat qiluvçilar va yaşaş şaroitini yaxşilaşga muhtoj fuqarolar ham kiritilgan.

Muhokamalarda «Nima uçun 10 yil propiskada bölişi kerak, bu muddatni hokimiyatdagilar qayerdan olişdi?» deya savol berişmoqda.

Masalan, quyidagi izohga eng köp ovoz berilgan:

«Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan doimiy röyxatga qöyilgan xodim 3 yildan keyin nomiga turar joy rasmiylaştirişi mumkin. Toşkent şahrida 2017-2021-yillarda qurilgan köp qavatli uylardan oliş uçun yana 7 yil uysiz yurişi kerakmi, topgan pulini kvartiraga sarflab? Şu «10 yil» sözini yozgan odam 1 yil uysiz yaşab körganida bu sözni yozmagan bölardi».

Loyiha muhokamasi ertaga yakunlanadi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek