Qozoğistondagi avariyada jabrlanganlar Özbekistonga olib kelindi
Manba:Daryo — LIVE
«Prezidentimiz bizni Vatanimizga olib ketiş uçun samolyot yuborganliklarini eşitib, hammamiz yiğlab yubordik»
Qozoğistonning Jambul viloyati Qörday tumanida 20-aprel tongida yuz bergan avtobus avariyasi oqibatida Özbekistonning uç nafar fuqarosi halok bölgani, 13 nafari esa turli darajada tan jarohati olgani, tan jarohati olganlardan töqqiz nafari Favqulodda vaziyatlar vazirligining maxsus samolyotida Özbekistonga olib kelingani haqida avval xabar berilgan edi. Özbekiston Soğliqni saqlaş vazirligi jabrlanuvçilarning ahvoli haqida qöşimça axborot berdi.
«Biz maxsus aviabort bilan yetib borganimizda, qozoğistonlik şifokorlar tomonidan jarohatlangan hamyurtlarimizga tezkor birinçi tibbiy yordam körsatilgan edi. Şifokorlar guruhi FVV xodimlari bilan jarohatlanganlarni aviabortga çiqargaç, bortning özida ularning salomatligi qayta tekşiruvdan ötkazildi. Kerakli muolajalar zudlik bilan bajarildi. Özbekistonda bizni maxsus jihozlangan tez tibbiy yordam avtomaşinalari kutib oldi va bemorlar zudlik bilan Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markaziga yetkazildi», — deydi Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi direktori Kozim Mahkamov.
Maʼlum bölişiça, jarohatlanganlar orasida qoraqalpoğistonlik 34 yoşli Ömirbek Hayitboyevning jarohati ança oğir bölgan. «Agar unga öz vaqtida malakali tibbiy yordam körsatilmasa, hayoti xavf ostida qolayotgan edi. Şifokorlarning şoşilinç ravişda urinişlari natijasida Ömirbekda murakkab jarrohlik operatsiyasi muvaffaqiyatli ötkazildi. Hozir bemor özini yaxşi his qilmoqda», — deyiladi Soğliqni saqlaş vazirligi axborotida. Hozirda tan jarohati olganlardan yana uç nafari operatsiya stoliga olingan.
Vazirlik matbuot xizmati jabrlanuvçilarning sözlaridan ham iqtibos keltirgan. «Avariyadan köpçiligimiz özimizni yöqotib qöydik. Çunki qattiq qörqqan edik. Şunday paytda kimga xabar beriş, kimdan yordam söraşni ham bilmay qolar ekansan. Şunda eşitdikki, Prezidentimiz bizni Vatanimizga olib ketiş uçun samolyot yuborgan ekanlar. Buni eşitib, hammamiz yiğlab yubordik», — deydi hozirda Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazida davolanayotgan qaşqadaryolik Abbos Öljaboyev.



