Özbekistondagi ayançli yöl-transport hodisalari tahlili
Xushnudbek.uzMatn2 daqiqa0tahrirlanganQonli hafta
Qoidaga amal qilişi bilan emas, aksinça qoidalarni buzgani bilan maqtanadigan, qoidabuzarlarga qarşi kuraşmasdan, aksinça qoidabuzarlarni aniqlaydigan insonlar (YPH inspektorlari yoki faol fuqarolar) yoxud moslamalarga (masalan, radarlar) qarşi kuraşadigan insonlar juda köp bölgan jamiyatning har haftasi va har kuni qonli böladi. Işonmasangiz, marhamat faktlarga eʼtibor bering:
2021-yil:
7-may. Jizzax viloyati Şarof Raşidov tumanida Isuzu yuk maşinasi haydovçisi boşqaruv vaqtida uxlab qolib, yöl çetida töxtab turgan «Kamaz»ga borib urildi. 1 kişi vafot etdi.
8-may. Buxoro viloyati Kogon tumanida «Neksiya» haydovçisi röparadan kelayotgan traktorga borib urildi. 1 kişi vafot etdi.
8-may. Samarqand viloyati Iştixon tumanida «Nexia» boşqaruvni yöqotib, yöl çetidagi daraxtga borib urildi. 1 kişi vafot etdi.
❗️8-may. Qaşqadaryo viloyati Kasbi tumanida harakat qoidalarini qöpol ravişda buzib, katta tezlikda kelayotgan “VAZ 21-01” yölning qarama-qarşi tomonidan katta tezlikda harakatlanayotgan “Neksiya” bilan töqnaşdi. 7 kişi vafot etdi. Ularning orasida 1 va 4 yoşli bolalar ham bor.
9-may. Samarqand viloyati Payariq tumanida "Damas" haydovçisi boşqaruvni yöqotib, yöl çetida bölgan 9 yoşli bolakayni urib yuboradi. Bolakay tuman şifoxanasida vafot etdi.
10-may. Toşkent şahri Yangihayot tumanida avvalroq mast holda maşina boşqargani uçun 18 oyga haydovçilik huquqidan mahrum qilingan şaxs sud qaroriga rioya qilmasdan yana "Spark" ruliga ötirib, 23 yoşli piyodani urib yubordi. Piyoda voqea joyida vafot etdi.
10-may. Beşariq tumanining Marğilon – Oltiariq – Rişton – Karimdevona yönalişida quvib ötiş qoidasini buzgan «Cobalt» yöl-transport hodisasiga uçradi. 1 nafar şaxs vafot etdi.
10-may. Farğona viloyati Yozyovon tumanida harakatlanib ketayotgan «Cobalt» qarama-qarşi yönalişdan kelayotgan «Cobalt» bilan töqnaşdi. 6 nafar şaxs vafot etdi.
11-may. Nukus-Törtköl yölining 225 kilometrida Cobalt, Nexia va Damas özaro töqnaşib ketgan. Avariya natijasida jami 6 kişi halok bölgan.
12-may. Namangan viloyati Norin tumanida «Neksiya» va «ZIL» töqnaşdi. 2 kişi vafot etdi.
Bular men topganlarim xolos. Aslida bundan ham köproq bölişi mumkin.
Özbekistonda tinçlik deymiz, uruş bölayotgan boşqa davlatlarda halok bölayotganlarga açinamizu, lekin şundoqqina yon-atrofimizda uruşlardagidan ham köproq odam ölayotganiga beparvomiz. Vaholanki, özimiz ham har kuni şu qörqinçli yölda yuramiz, heç qaysi birimiz omon qolişga kafolatlanmaganmiz.
Xulosa qilişning ayni fursati... Alloh barçamizni öz panohida asrasin, ilohim.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1




