Özbekiston yöllaridagi ölim holatlari va yangi Prezident qarori

Matn5-aprel, 2022, 15:031 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uz2021 йилда йўл-транспорт ҳодисаси натижасида салкам 2 ярим минг фуқаро ҳалок бўлган Бугун Сенат биносида Коррупцияга қарши курашиш миллий кенгашининг навбатдаг…

Musaffo osmon ostidagi dahşatli «uruş»

Yurtimiz tinç, osmonimiz musaffo, Xudoga şukr. Yana şukrki, yurtimizda uruşlar yöq, ilohim bölmasin ham.

Ammo yöllarimizda uruşlardagidan köproq odam ölayotgani açinarli, albatta. Ötgan yili 2 yarim ming inson avariyalar natijasida halok bölibdi. 2 yarim ming xonadonda motam bölgan. Minglab bolalar otasiz va onasiz yetim bölib qolişgan, yana minglab insonlar farzand doğida kuyişgan. Aka-ukasidan, opa-singlisidan ayrilganlari qança.

Va bu ayançli raqamlar ötgan 2 yildagiga qaraganda sezilarli oşganini körişi mumkin. Qiziq, 2021-yili nima böldiki, bu darajada avariyalar va ölimlar soni oşib ketdi? Nega kamayiş örniga, köpaymoqda? Buning ustida biror ilmiy izlanişlar, tadqiqotlar ötkazilyaptimi? Sabablari aniqlanib, ularga qarşi aniq çoralar körilyaptimi?

Raqamlar dahşatli ekanligi aniq. Aynan şuning uçun ham keça xuddi şu masalada maxsus Prezident qarori qabul qilindi. «Avtomobil yöllarida inson xavfsizligini işonçli taʼminlaş va ölim holatlarini keskin kamaytiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarorning ayrim bandlarini kanalimizda eʼlon qilgandik (1, 2, 3, 4). Töliq matni esa bu yerda.

Alloh barçamizni yöllarimizdagi «uruş»dan öz panohida asrasin. Ehtiyot böling. Qoidalarga amal qiling.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 813
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek