Maxar sunʼiy yöldoş tasvirlari Buçadagi voqealarni tasdiqladi
Xushnudbek.uzVideo2 daqiqa0tahrirlanganManba:Muhrim / Муҳрим
Maxar sunʼiy yöldoşlari Ukrainaning Buça şahridagi “ölim yöli”ni, jumladan, 19-mart kuni ham tasvirga tuşirgan, The New York Times öşa tasvirlarni Rossiya harbiylari şaharni taşlab çiqib ketganidan söng olingan va 3-aprel kuni tarqala boşlagan dahşatli videolar bilan taqqoslabdi.
Sunʼiy yöldoş tasvirlarida Rossiya mudofaa vazirligi Buçadan olingan dahşatli video va fotosuratlarni feyk deb ataşiga “sabab” bölgan “qöli qimirlayotgan va ukrain harbiylarining maşinasi ötib ketgaç ötirib olgan” ölik ham bor.
Yaʼni, Rossiya tomoni 3-apreldan beri “biz Buçadan 30 martdayoq çiqib ketganmiz, biz şahardaligimizda biror odam jabrlanmagan, u yölda öliklar ham yöq edi, videolaring feyk va provokatsiya” deb ayuhannos solayotganiga qaramay, “qöli qimirlagan ölik” kamida 19-martdan beri öşa yotgan joyidan qimirlamagan.
Heç uyalmay “Ukraina hujum qilganimiz yöq”, “Ukrainada uruş emas, maxsus operatsiya bölyapti” deb safsata sotib kelayotgan yolğonçilar “bu odamlarni biz öldirganmiz” demasligi tabiiy. Ulardan buni kutmaslik ham kerak.
- 👍 1249


