Özbekiston TIV Quddusdagi vaziyat böyiça bayonot berdi
Özbekiston Taşqi işlar vazirligi Quddusdagi vaziyat böyiça rasmiy bayonot berdi:
“Özbekiston Respublikasi Şarqiy Quddusdagi vaziyatning keskin tus olişi sababli çuqur xavotirda ekanligini bildiradi.
Tomonlarni zöravonlikka çek qöyiş, vaziyatni beqarorlaştirişdan saqlaniş va bundan buyon qon tökilişiga yöl qöymaslik hamda musulmon olami uçun muqaddas hisoblangan Iyd al-Fitr arafasida mojaroni hal etiş böyiça barça imkoniyatlarni safarbar etişga çaqiramiz.
Al-Aqso masjidi va Quddusdagi boşqa muqaddas qadamjolarning daxlsizligini – status-kvoga rioya etilişini taʼminlaş zarur, deb hisoblaymiz.
Falastin-Isroil muammosi xalqaro huquq meyorlari, Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Xavfsizlik Kengaşi tomonidan avval qabul qilingan rezolyutsiyalar hamda “ikki xalq uçun ikki davlat” tamoyili asosida hal etilişi lozim”, - deyiladi 12-may kunidagi bayonotda.
Biz ham şunday muborak kunlarda nafaqat Quddusda, balki butun dunyoda tinçlik bölişini, uruşlar bölmasligini sörab duodamiz. Dunyoning turli nuqtalarida bölayotgan qirğinbarot janglarda millatidan, dinidan qatʼi nazar, odamlar ölimi töxtaşini Allohdan sörab qolamiz.
👉 @xushnudbek 👈



