Qozoğistondagi YTHda jabrlanganlar Özbekistonga olib kelindi
Xushnudbek.uzAlbom2 daqiqa0tahrirlangan



Qozoğistondagi YTHda jabrlanganlar Özbekistonga olib kelindi. Yana bir kişi vafot etdi
Şavkat Mirziyoyevning tezkor topşiriğiga köra Hukumat qarori bilan taşkil etilgan işçi guruh keça Qozoğistonga yetib borib, yurtdoşlarimizni olib keliş çoralarini kördi va bugun tongda yetib kelişdi.
FVV xabariga köra, Döst Qozoğiston masʼullari mazkur baxtsiz hodisa oqibatlarini zudlik bilan bartaraf etiş, jarohatlanganlarga tez tibbiy yordam körsatişda yaqindan kömak bergan.
2 nafar vafot etgan fuqarolarimizning jasadlari yaşaş manzili – Buxoro va Xorazm viloyatlariga yuborildi. Hozirda mahalliy hokimliklar tomonidan marosim tadbirlarini ötkaziş yuzasidan tayyorgarlik işlari olib borilmoqda.
Bugun, 14-may kuni baxtsiz hodisa oqibatida yana bir fuqaro vafot etdi. Ayni paytda marhumni olib keliş yuzasidan zarur çoralar körilmoqda.
Olib kelingan 23 nafar fuqarodan, 18 nafar jarohatlanganlar Respublika şoşilinç tez yordam ilmiy markaziga joylaştirildi, 5 nafar fuqaroning ahvoli yaxşi bölgani uçun uyiga javob berildi.
👉 @xushnudbek 👈
- 😢 731






