Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Jambildagi avariyada jabrlanganlar Özbekistonga olib kelindi

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn2 daqiqa0

Manba:Daryo — LIVE

​​Jambildagi avtobus avariyasida jabrlanganlar Özbekistonga olib kelindi

Qozoğistonning Jambul viloyatida 20-aprel kuni yuz bergan avtobus avariyasi oqibatida jabrlangan töqqiz nafar Özbekiston fuqarosi Özbekiston FVV samolyoti bilan Vatanga olib kelindi. Özbekiston Taşqi işlar vazirligidan maʼlum qilişlariça, tun soat 2:00-da ular Qozoğistondan reanimobillarda Özbekiston FVVning maxsus borti qöngan Bişkek (Qirğiziston)ga olib kelingan. Samolyot mahalliy vaqt bilan 4:00-da Toşkentga uçgan, deya xabar bermoqda «Gazeta.uz».

Vatanga qaytarib olib kelingan fuqarolar röyxati:

1. Abbos Öljaboyev, 21.01.1994-yilda tuğilgan;
2. Umirbek Hayitboyev, 22.06.1985-yilda tuğilgan;
3. Radmila Ahmedova, 05.08.1994-yilda tuğilgan;
4. Otabek Matçonov, 22.04.1985-yilda tuğilgan;
5. Döstdjon Seytmurotov, 22.02.1987-yilda tuğilgan;
6. Sardor Haydarov, 09.05.1994-yilda tuğilgan;
7. Maris Ilyosov, 1974-yilda tuğilgan;
8. Nasriddin Mambetov, 09.05.1971-yilda tuğilgan;
9. Şodlik Jabborov, 25.12.1984-yilda tuğilgan,

Transportirovka qilişga ruxsat berilmagani bois, Özbekistonning yana bir fuqarosi — Marhamat Jumaniyozova (16.08.1996-yilda tuğilgan) Taroz şahar kasalxonasida şifokorlar nazoratida qolmoqda. YTH oqibatida tan jarohati olmagan ikki özbekistonlik — Zavodbek Muhimjonov (21.04.1999) va Islomiddin Abdusatirov (8.01.1997-yilda tuğilgan), şifokorlar körigidan ötgaç, voqea joyiga yetib kelgan qarindoşlari hamrohligida Olmaotaga ketgan.

Özbekistonning uç fuqarosi jasadi Qörday markaziy tuman kasalxonasining ölikxonasida qolmoqda:

1. Örinboy Abduxoliqov, 04.11.1993-yilda tuğilgan;
2. Alişer Kalmurotov, 30.12.1988-yilda tuğilgan;
3. Dilorom Yormekboyeva, 1972-yilda tuğilgan

Şaxsini rasmiy aniqlaş jarayoni ötkazilganidan söng, Qozoğiston tomoni jasadlarni Özbekiston çegarasi («Jibek jöli» — «Ğiştköprik» NÖP)gaça transportirovka qilib berilişini taʼminlaydi. Özbekiston Boş konsulligi vakili tegişli kerakli kömak körsatiş uçun Qörday qişloğida bölib turibdi.

Kuni keça Özbekiston Prezidentining topşiriğiga asosan jabrlanuvçilarga yordam körsatiş böyiça favqulodda vaziyatlar vaziri birinçi örinbosari Abdulla Qöldoşev boşçiligidagi hukumat komissiyasi aʼzolari Qördayga taşrif buyurgan edi.

Eslatib ötamiz, salonida 49 nafar yölovçi bölgan avtobus iştirokidagi YTH oqibatida 11 kişi, jumladan, 3 nafar Özbekiston va 8 nafar Qozoğiston fuqarosi halok bölgan, 30 nafar kişi tan jarohati olgan edi.

Hodisa munosabati bilan Şavkat Mirziyoyev Qozoğiston prezidentiga, Qosim-Jömart Töqayev esa Özbekiston davlat rahbariga hamdardlik bildirdi.

https://t.me/joinchat/AAAAAD63OEHkQHOlfdglMg

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek