DTM saytida telefon raqami bilan bog'liq muammo yechildi

Albom21-iyun, 2022, 17:322 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❓Ötgan yili testga kirgan abituriyentlar eski telefonini yöqotib qöygan bölsa nima böladi?
#abituriyent

Ayrim abituriyentlar murojaat qilib, DTM saytida röyxatdan öta olişmayotgani, çunki ular ötgan yili ham testga kirganda boşqa telefon raqam bilan röyxatdan ötgani, hozir öşa telefon raqami öçib ketgani, şu sababli endi DTM saytida röyxatdan ötmoqçi bölayotganda "Uşbu şaxsiy maʼlumotlar boşqa telefonga boğlangan" deb rad javobi çiqayotganini aytişmoqda.

Masalaga oydinlik kiritiş uçun, DTM masʼullari bilan boğlandim. Ularning aytişiça, keça haqiqatdan şunday murojaatlar bölgan. Abituriyentlarga qulaylik yaratiş maqsadida bugundan uşbu muammo bartaraf etilgan. Hozirda abituriyentlar istalgan telefon raqami orqali röyxatdan ötişlari mumkin, aynan ötgan yilgi raqam bölişi şart emas.

Tekşirib köriş uçun, özim ham ötgan yilgidan boşqa raqam bilan röyxatdan ötdim. Muammo bölmadi.

P.S.: mening heç qanaqa imtiyozim yöq ekan😢

👉 @xushnudbek 👈

  • 😁 1051
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek