Toşkent viloyatida sudya mahkumning ziyofatida qatnaşdi
Toşkent viloyatida uy qamoğidagi şaxsning ziyofatida qatnaşgan sudya köp ötmay uni ozodlikka çiqardi
Oliy sudda 30-noyabr kuni bölib ötgan konferensiyada Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi direktori örinbosari Umida Töxtaşeva sudyalarning jinoiy unsurlar bilan kirişib ketiş holatlari uçrab turganini aytib ötdi, deya xabar bermoqda «Daryo» muxbiri.
«Masalan, 2020-yil may oyida Toşkent viloyati şaharlaridan birining sudyalari L.N va R.O. karantin qoidalarini qöpol ravişda buzgan holda, jinoiy unsurlar vakili, bir neça marta sudlangan D.N.ning tuğilgan kunini nişonlaş uçun kafeda 100 nafardan ortiq şaxs iştirokida taşkil etilgan ziyofatga borgan.
Eʼtiborlisi – sudyalar D.N.ning öşa vaqtda navbatdagi jinoyati uçun ozodlikni çeklaş jazosini ötayotganligidan xabardor bölgan. Açinarlisi, mazkur sudya mahkum D.N.ga nisbatan qözğatilgan jinoyat işini körib çiqib, uni ozodlikka çiqargan», – dedi Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi direktori örinbosari.
Aytilişiça, agentlik taşkil etilganidan buyon fuqarolardan yöllagan murojaatlarning eng köp qismi, yaʼni 20 foizi sud qarorlari yuzasidan kelib tuşgan.
👉 @xushnudbek 👈


